Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Quyoshdan parda ortiga berkinish

29.02.2016

? Iltimos, shu yil mart oyidan kuchga kiradigan YHQning avtomobil oynalaridagi pardalarga tegishli boʻlimini tushuntirib bersangiz. Nima mumkin va nima mumkin emas?

 

2016 yil 1 martdan boshlab kuchga kiradigan Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq M1 toifasidagi avtotransport vositalarida, ya’ni yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan oshmaydigan avtotransport vositalarining orqa oynalarida jalyuza va pardaga ruхsat beriladi.

 

Yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan ortiq va eng katta vazni 5 t dan koʻp boʻlgan, konstruksiyasi faqat oʻtirib ketadigan yoʻlovchilar uchun moʻljallangan III  klassning M3 toifasidagi avtotransport vositalarining yon va orqa oynalarida pardalarning mavjud boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.

 

Bu holatlarda  ikki tarafda orqani koʻrish koʻzgularining boʻlishi majburiy shart hisoblanadi.

 

Shunday qilib, yengil avtomobillarning orqa oynalariga jalyuza va pardalar osish mumkin, yon oynalarga parda osishga esa faqat, olaylik, ekskursiya avtobuslarida yoʻl qoʻyiladi. 

 

 

Yelena YeRMOXINA,
ekspert-yuristimiz.