Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Toshkent – qishloq joylar emas

12.12.2016

? Men ota-onam bilan Toshkent shahrida yashayman, oʻzimning uy-joyim yoʻq. Agar uylansam va ota-onamdan alohida turishni istasam, arzon uy-joylar dasturida ishtirok etishim mumkinmi?

Ariza beruvchi – uy quruvchining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tavsiyalari asosida 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga koʻra (24.11.2016 yildagi  393-son VMQ bilan tasdiqlangan),  Dastur doirasida nomzodlarni saralash ariza beruvchilar — Oʻzbekiston Respublikasining uy-joyga muhtoj boʻlgan, dasturda ishtirok etish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi (oqsoqoli) nomiga ariza bergan muntazam qishloq joylarda yashaydigan 18 yoshga toʻlgan fuqarolari orasida oʻtkaziladi.

 

Savolda koʻrsatib oʻtilganidek, siz muntazam ravishda shaharda istiqomat qilasiz, u qonunchilikda koʻrsatilganidek, respublika boʻysunuvidagi shahar hisoblanadi (Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, shaharda muntazam  istiqomat qiluvchi fuqarolar soni 2 mln. 393 ming kishini tashkil etadi), bu esa Sizni dasturda ishtirok etish huquqidan mahrum etadi.

 

Biroq, yosh oila barpo etib, imtiyozli ravishda ipoteka krediti olishingiz mumkin. Buning uchun nimalar qilish kerakligi haqida bu yerda yozgan edik.

 

Ushbu holatda uy-joy qishloq joylarga bogʻliqsiz ravishda taqdim etiladi.

 

 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz. 

 

Mavzuga oid materiallar:

 


Qishloq joylarda uy-joylar yanada arzonlashadi

 

Arzon uy-joylarni mahalla orqali olish mumkin