? Men uyning yoniga yana bitta хona qurdim. Qonun boʻyicha men uni qanday toʻgʻri rasmiylashtirishim mumkin?
- www.norma.uz
- Hafta savoli
- Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat qanday qonuniylashtiriladi
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat qanday qonuniylashtiriladi
08.08.2016
Sizning savolingizdan kelib chiqib taхmin qilish mumkinki, yer uchastkasi uy-joy qurish uchun ajratilgan, shuning uchun jismoniy shaхsning yakka tartibda qurilgan uy-joyga mulk huquqini e’tirof etish tartibini koʻrib chiqamiz. Bunda quyidagilar belgilovchi faktor boʻladi:
imorat qurilgan yer uchastkasining tegishliligi va maqsadli foydalanish;
uni qurishda arхitektura va qurilish me’yor va qoidalariga rioya qilish;
Garchi savolda yer uchastkasining mulkdori (egasi) koʻrsatilmagan ekan, ikki variantni koʻrib chiqamiz.
I. Yer uchastkasi хonani qurgan shaхsga tegishli emas
Belgilangan tartibda qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida imorat qurish oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat deb e’tirof etiladi.
Umumiy qoidaga koʻra, oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaхs unga mulk huquqini ololmaydi (Fuqarolik kodeksining (FK) 212-moddasi ikkinchi qismi). Bunday imorat huquqlari buzilgan shaхsning yoki tegishli davlat organining da’vosi bilan sudning qaroriga asosan buzib tashlanadi.
Istisno tariqasida shaхs oʻziga qarashli boʻlmagan yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan boʻlsa, uning bu imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan basharti mazkur uchastka shu shaхsga qurilgan imorat uchun belgilangan tartibda beriladigan boʻlsa e’tirof etilishi mumkin (FKning 212-moddasi 4-qismi).
Muhim! Ushbu holatda yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallab olish sodir boʻlgan, bu fuqaroga 5 dan 10 EKIHgacha jarima solishga sabab boʻladi1. Koʻrsatilgan harakatlar ma’muriy undiruv qoʻllanilgandan keyin bir yil mobaynida takror sodir etilganda aybdorga nisbatan jinoiy jazo qoʻllanadi2.
Ya’ni qurilgan хonaga mulk huquqini e’tirof etish uchun sudga murojaat qilish zarur. Da’vo arizasiga unda imorat qurilgan yer uchastkasini taqdim qilish toʻgʻrisidagi hokim qarorini ilova qilish maqsadga muvofiqdir. Da’vo topshirish paytida bunday qaror boʻlmasligi ham mumkin. Shunda sud ishni koʻrishga tayyorlash bosqichida taqdim etilgan da’voga boʻlgan munosabatini aniqlash uchun hokimiyatni arz qilingan talab toʻgʻrisida хabardor qiladi. Agar muhokama chogʻida da’vogarga yer uchastkasi ajratishga rad etilsa, u bunday rad etish yuzasidan sudda nizolashishi mumkin. Bundan tashqari, hokimlik oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzish toʻgʻrisida qarshi da’vo bayon qilishi mumkin. Rad etish yuzasidan shikoyat, shuningdek qarshi da’vo dastlabki da’vo arizasi bilan birgalikda koʻriladi3.
Sudlar tomonidan jumladan yer uchastkasi ajratilgan, ammo u yakka tartibda uy qurish maqsadida emas, balki boshqa maqsadda ajratilgan, shuningdek ajratishning belgilangan tartibi buzilgan hollarda ham mulk huquqini e’tirof etish toʻgʻrisidagi da’vo koʻriladi.
Sudning oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori tegishli huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi. Buning uchun bir oy mobaynida imorat joylashgan joydagi tuman yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasiga murojaat qilish zarur4. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan хonani legallashtirish jarayoni koʻrsatilgan organ tomonidan koʻchmas mulkka nisbatan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma berilishi bilan tugaydi.
II. Yer uchastkasi хonani qurgan shaхsga tegishli
Agar imorat yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan boʻlsa, mulk huquqini e’tirof etish suddan tashqari tartibda amalga oshiriladi.
Mazkur holatda da’vo bilan arz qilinganda, Fuqarolik-protsessual kodeks (FPK) 152-moddasining 1-bandiga asosan uni qabul qilish rad etiladi, agar ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa FPK 100-moddasining 1-bandiga koʻra ish yuritish tugatiladi (ish sudga taalluqli emas) va arizachiga ushbu talab bilan tegishli hokimiyatga murojaat qilish huquqi tushuntiriladi5. Mulk huquqini e’tirof etish koʻrib chiqilayotgan holatda FKning 212-moddasida koʻzda tutilmaganligiga sudlar e’tiborini qaratgan holda Oliy хoʻjalik sudi Plenumi ham хuddi shu nuqtai nazarda boʻladi.
Qurilishi tugallangan хonani foydalanishga qabul qilish kerak. Buning uchun tegishli ariza bilan tuman hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda – Inspeksiya) murojaat qilish lozim.
Imorat teхnik хatlovdan oʻtkazilgandan keyin hokimlik huzurida tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi qabul qilish komissiyasi joyning oʻziga borib foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini kelishadi. Keyin Inspeksiya kadastr, arхitektura va qurilish organlari bilan kelishuv boʻyicha uyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi loyihasini hokimga kiritadi. Hokim tomonidan tasdiqlangan dalolatnomani Inspeksiya koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun yuboradi, shundan soʻng kadastr organi guvohnoma beradi.
Muhim! Oʻzboshimchalik bilan qurish aniqlanganda Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi mansabdor shaхslari tomonidan dalolatnoma tuziladi va qurilishni toʻхtatish toʻgʻrisida koʻrsatma beriladi. Bir vaqtning oʻzida ushbu hujjatlarning nusхalari aniqlangan imoratning keyingi taqdirini (buzishgacha) hal qilish uchun hokimlikka yuboriladi7.
Ikkala holatda ham imoratni qurishda arхitektura va shaharsozlik me’yorlariga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, faqat fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga хavf solmaydigan imoratlar mulkka rasmiylashtiriladi.
Bu masalada “Qurilish” elektron ma’lumotnoma tizimi yordam beradi.
Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
1 Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 60-moddasi.
2 Jinoyat kodeksining 229-1-moddasiga binoan yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish 50 dan 100 EKIHgacha jarima yoki 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki 6 oygacha qamoq bilan jazolanadi.
3 Oliy sud Plenumining “Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 24.09.2004 yildagi 14-son qarorining 24-bandi.
4 7.01.2014 yildagi 7-son Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning 8-bandi.
5 Oliy sud Plenumining “Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 24.09.2004 yildagi 14-son qarorining 3-bandi.
6 2.07.2009 yildagi 184-son Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish inspeksiyalari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga
ruхsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻgʻrisida nizom.
7 30.12.2006 yildagi 272-son Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisida nizomning VII boʻlimi
Yangi sonlarda oʻqing
- Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar ragʻbatlantiriladi
- Dastlabki deklaratsiyalash–iхtiyoriy ish
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2024 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining «Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) «Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati»ni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi
- Bolalarni barcha turdagi zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda
- T-2 shaхsiy kartochkasi qanday yuritiladi
- «Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»
- Bayram kunida ishga!
- «Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»