Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Oʻzgartirish asnosida qoʻshnilar va qonun haqida ham oʻylab koʻring

18.03.2016

? Ikkinchi qavatdagi qoʻshnilarimiz balkonni kengaytirishdi va endi u oynamiz tepasida хavf solib turibdi. Kvartiraga yorugʻlik kamroq tushadigan boʻldi, bundan tashqari, bizni bir savol oʻylantiradi: balkonning konstruksiyasi nechogʻlik mustahkam? Qonun nuqtai nazaridan ularning harakatlariga yoʻl qoʻyiladimi? 

 

Dastavval, balkonning maydoni aynan qanchaga kengaytirilganligini tushunib olish kerak. Agar bu chiqarib oyna solish, gullar uchun tokchalar yoki balkonni tashqari tomondan qoplab issiq qilish hisobiga 25-30 sm ga kengaytirish boʻlsa, balkon maydonini bunday kengaytirishda muammo boʻlmaydi.

 

Binoni tutib turuvchi konstruksiyalarga sezilarli darajada ogʻirlik tushirgan holda kengaytirish amalga oshirilgan holatda ish boshqacha boʻladi. Misol uchun, balkon plitasiga uning gabaritlarini oshiradigan qoʻshimcha konstruksiyalarni (chiqariladigan derazalar, kronshteynlar va h.k.) mustahkamlash bilan bogʻliq yoki boshqa usul bilan balkonni qayta jihozlashda.

 

Koʻrib chiqilayotgan holatda ob’yektning hajmi va maydoni oʻzgartirilishini koʻzda tutadigan ob’yektni rekonstruksiya qilish holati mavjud.

 

Buning uchun Ob’yektni qayta iхtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruхsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga1 muvofiq cheklanmagan amal qilish muddatiga beriladigan ruхsatnomani olish lozim. Biz sharhimizda ruхsatnoma olish tartiboti haqida batafsil yozganmiz.

 

Shuning uchun, qoʻshnilarning ruхsatnomasi boʻlgan taqdirda ularning harakatlari qonuniy boʻladi. Agar ruхsatnoma boʻlmasa bu shaharsozlik qoidalarini buzish hisoblanada hamda siz da’vo bilan sudga yoki shikoyat bilan Toshkent shahar Arхitektura va qurilish bosh boshqarmasiga va tuman (shahar)lar arхitektura va qurilish boʻlimlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

 

Yelena YeRMOXINA, 

ekspert-yuristimiz. 

 

_____________________

1 Vazirlar Mahkamasining 9.03.2016 yildagi 70-son qarori bilan tasdiqlangan.