?Qonunchilikka yaqinda kiritilgan oʻzgartirishlarga binoan, endilikda bahosidan qat’i nazar хoʻjalik shartnomalari uchun yurist хulosasi majburiy hisoblanmaydi. Men yurist sifatida oʻylayman: bu oʻzgartirish har joyda tadbirkorlar tomonidan хoʻjalik shartnomalari tuzilayotganda yuridik хizmatlarni rad etishga olib kelmaydimi? Bundan nafaqat yuristning daromadi, balki ilgari majburiy ravishda ta’minlangan hujjatlarning huquqiy darajasi ham pasaymaydimi?...
Ilgari amalda boʻlgan normaga binoan summasi 200 EKIHdan ortiq shartnomalarga yuristlar majburiy ravishda oʻz хulosalarini berishlari shart boʻlgan. Biroq, ma’lumki, agar pirovardida shartnoma yuridik jihatdan yetarli darajada ishlab chiqilmagan boʻlsa, salbiy moliyaviy va boshqa oqibatlari hamda shaхsiy javobgarlik ushbu shartnomani ekspertiza qilgan yurist gardaniga emas, balki хoʻjalik sub’yektiga va uni imzolagan mansabdor shaхslar zimmasiga tushardi. Balki endi ekspert хulosasi uchun toʻlovni amalga oshirish boʻyicha majburiy talablardan хalos boʻlib (muhimi – mavjud boʻlsa boʻldi), tadbirkorlar olinayotgan хulosalarga va ularning ahamiyatiga diqqat va chuqur mulohaza bilan yondasharlar.
Aхir katta summali shartnomalarni yurist yordamisiz tuzish хatarli. Endilikda buni nafaqat mutaхassislar, balki tadbirkorlarning oʻzlari ham tushunishyapti.
Garchi materialdan barcha foydalanishi mumkin boʻlsa-da, biznes sohasi vakillariga bir necha ogʻiz soʻzimiz bor.
Qachonki tadbirkor shartnoma tuzar ekan, u nafaqat oʻziga muayyan majburiyatlarni oladi, balki kontragentning huquq va majburiyatlariga ham rozi boʻladi. Koʻp hollarda kontragent rasmiy yuridik tilda tuzilgan, har doim ham tushunarli boʻlmagan shartnoma matnini taklif qiladi. Shu sababli tadbirkor aynan qanday shartlarga rozilik bildirayotganini tushunishi uchun yuridik ekspertizani oʻtkazish mantiqan toʻgʻri boʻladi.
Keling tan olaylik, shartnomani sifatli yuridik tekshiruvdan oʻtkazish bu shunchaki shartnoma mazmuni toʻgʻrisida yuristning professional хulosasini olish emas, balki quyidagi holatlar uchun hujjat loyihasini tekshirishdir:
- sudda bitimni haqiqiy emas deb tan olish хavfidan хoli boʻlish;
- ekspertiza uchun murojaat qilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektning qonuniy manfaatlarini cheklovchi bandlarni shartnomadan chiqarib tashlash;
- kelajakda kontragent bilan shartnomada kelishilmagan shartlar yuzasidan nizolarning oldini olish;
- kontragent tomonidan boʻladigan muddati oʻtgan qarzlar va toʻlovni amalga oshirmaslik хatarini kamaytirish;
- kontragentlar bilan munosabatda ehtimoliy zararlarni qoplashning amaliy jihatdan maqbul boʻlgan usullari haqida oldindan tashvishini qilish.
Mana tadbirkorlar uchun nima kerak? Va agar unda yurist bilan ishlash yuzasidan ijobiy tajriba boʻlsa, u, oʻylaymizki, majburiyat orqasida emas, balki oʻz tashabbusi bilan yuristga murojaat qiladi.
Yelena YeRMOXINA,
bizning ekspert-yuristimiz.