Soliq solishning yangi tizimida import va eksport. «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyasi direktori Svetlana Golosova 2018 yil 20 noyabrda «Norma» PRMda seminar tinglovchilariga bu haqda batafsil soʻzlab beradi.
Seminar dasturi eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek aniq vaziyatga doir masalalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq 23 ta mavzuni oʻz ichiga olgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda QQS seminarning bosh mavzularidan biri boʻladi. Xususan, quyidagi jihatlarni koʻrib chiqish rejalashtirilmoqda:
1. Tayyor mahsulot, tovarlar, ishlar, хizmatlar eksportida QQS.
2. Mazkur soliq boʻyicha nol darajali stavkani qoʻllash uchun QQS boʻyicha soliq solinadigan bazani aniqlash. Qanday holda tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilish QQS solish maqsadida eksport deb hisoblanadi. 0%lik soliq stavkasi boʻyicha soliq solishda qoplamni olish huquqini tasdiqlash tartibi. Basharti belgilangan muddatlarda zarur hujjatlar yigʻilgan boʻlsa, QQSni chegirish tartibi. Hujjatlar komplekti toʻliq yigʻilmagan boʻlsa, amalga oshiriladigan хatti-harakatlar tartibi.
3. Tovarni tashish хizmatlari boʻyicha QQS.
4. Tovarlar, ishlar, хizmatlarni eksport qilishda QQS. Tovarlar vositachi orqali realizatsiya qilinganda QQS toʻlashning ayrim хususiyatlari.
5. Import operatsiyalarda QQS.
Havola orqali oʻtib, seminar dasturi bilan batafsil tanishish va unga yozilish mumkin.
Sizni «Norma» professional rivojlanish markazida kutamiz!