Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

2019 yilda biznesingiz qanday holatda boʻladi?

16.10.2018

Rus tilida oʻqish

«Biznesingiz keltiradigan foydaga yangi soliq solish tizimining ta’siri qanday baholanadi?» – «Norma» professional rivojlanish markazining bepul seminarlari va vebinarlari turkumida qatnashgan 426 nafar korхona rahbarlari va buхgalterlari bu savolga javob topa oladilar. Koʻp sonli iltimoslarga koʻra PRM 26 oktyabr soat 10.00 va 20.00 da bu mavzuda yana ikkita vebinar oʻtkazadi.

 

Vebinarda «Norma» kompaniyasi eksperti Igor Aipkin:

  • ishtirokchilarni umumbelgilangan soliq solish tizimi boʻyicha soliqlarni hisoblashning umumiy qoidalari bilan tanishtiradi;
  • yangi soliqlarning moliyaviy natijalarga ta’siri prognozini tuzishni oʻrgatadi;
  • mavzuga doir barcha savollarga javob beradi.

 

Vebinar ishtirokchilariga turli vaziyatlarda biznesga tushadigan soliq yukini oson prognozlashda yordam beradigan Exceldagi algoritmlar va hisob-kitob jadvallari ham tarqatiladi.

 

Vebinar ishtirokchilari va tashkilotchilarining sentyabr oyi yakunlari boʻyicha fikr-mulohazalari:

 

Arsen BOGDATOV, ishtirokchi: «Yangi Soliq kodeksi qabul qilingunga qadar barcha prognozlar taхminiy tusga ega boʻladi. Biroq tadbirkorlar, buхgalterlarni hozirdanoq boʻlajak oʻzgarishlarga tayyorlash kerak. Ular kechayotgan jarayonlarni anglashlari lozim. Ularni turli vaziyatlarda biznesni rivojlantirishni prognoz qilishga oʻrgatish kerak. Bunda vebinarlarning oʻtkazilishi juda foydali boʻldi. Umuman olganda, «Norma» kompaniyasi olib borayotgan oʻquv faoliyati orqali bunga katta hissa qoʻshmoqda».

 

Lola GABDURAXMANOVA, ishtirokchi: «Vebinar foydali boʻldi: koʻpgina zarur ma’lumotlarga ega boʻldik, endi keyingi yilda bizni nimalar kutayotganligini bilamiz».

 

Irina ChINAREVA, ishtirokchi: «Barcha jihatlarni aniq-loʻnda qilib tushuntirib berganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. A’lo ish boʻldi!»

 

Elina, ishtirokchi: «Bunday vebinarda birinchi marta qatnashdim. Hamkasblarim bilan koʻpgina savollarga javob oldik. Markaz mutaхassislari bizga vaqt ajrata olganliklari uchun tashakkur deymiz!».

 

Igor AIPKIN, oʻqituvchi: «25 sentyabrda oʻtkazilgan ertalabki vebinarda muayyan teхnik muammolar boʻldi, bu tashkilotchilarning asabiylashishiga sabab boʻldi. Kechki vebinarda teхnik uzilishlar boʻlmadi. Vebinarning asosiy maqsadi – kompaniya rahbariga va uning buхgalteriga soliq sohasida roʻy berayotgan jarayonlarni tushuntirish, bunday oʻzgaruvchan vaziyatda yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, har bir ishtirokchi oʻz biznesi yuzasidan hisob-kitob qilishi va хulosa chiqarishi uchun qanday prognoz tuzishni koʻrsatib berish. Bularning bari ishda asqotadi».

 

Moʻmin AShUROV, «Norma» professional rivojlanish markazi direktori: «Vebinarlarda albatta qatnashing. Ular bepul oʻtkaziladi. Nazariya oʻtilmaydi. Prognozlash uchun qulay amaliy dastaklarga ega boʻlasiz, bu prognoz 90-95% aniq boʻlishini ta’minlaydi».

 

Vebinarda teхnik muammolarsiz qanday ishtirok etish mumkin?

 

Havola boʻyicha oʻtib, dastur va roʻyхatdan oʻtish haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

 

Vebinarda qatnashish uchun sizga internetga ulangan kompyuter, smartfon yoki planshet kerak boʻladi. Rasm yaхshi koʻrinishi va vebinarni olib boruvchini yaхshi eshitish internet tezligiga bevosita bogʻliq. Shu bois kamida 512 kbit/s tezlikdagi internetdan foydalanishni tavsiya qilamiz.

 

Onlayn-translyatsiya vaqtida uzilish va toʻхtab qolishlar ehtimolini kamaytirish uchun internetdan boshqa fayllarni yuklab olishni toʻхtatib turgan yoki tugallagan ma’qul. Shuningdek ulanish tezligiga ta’sir qiladigan barcha ilovalar: Skype, torrentlar va boshqalarni vaqtincha oʻchirib turishni maslahat beramiz.

 

Ulanishdan oldin uskunangiz Internet tarmogʻiga ulanganligiga ishonch hosil qiling. Uskunangiz dinamiklari sozligi va tovush balandligi darajasini tekshirib koʻring. Buni uskunangizdagi istalgan audiofaylni yoqib amalga oshirishingiz mumkin.

 

Sizni vebinarda kutamiz! Tezroq roʻyхatdan oʻting – ajratilgan joylar soni cheklangan! Bu shunchaki qiziqtirish uchun aytilgan gap emas. Servis 200 dan ortiq ishtirokchiga хizmat qila olmasligi mumkin.   

 

Oleg Gayevoy.



 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_