Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Beshta soliq – hisoblash, toʻlash, hisobot topshirish tartibi

05.03.2019

«Norma» PRM N.Madraimovaning «Beshta soliqhisoblash, toʻlash, hisobot topshirish tartibi» kursiga sizni taklif qiladi.

 

Boshlanish sanasi: 2019 yil 13 mart. Dars kunlari: 13, 19, 26, 29, 30 mart.

 

Kurs uning ishtirokchilariga sobiq YaST toʻlovchilari uchun quyidagi «yangi» soliqlarni hisoblash va toʻlashning eng muhim qoidalari bilan tanishish imkonini beradi:

  • qoʻshilgan qiymat soligʻi;
  • foyda soligʻi;
  • resurs soliqlari – mol-mulk, yer va suvdan foydalanganlik uchun.

 

Kurs moliyaviy хizmatlar rahbarlari, bosh buхgalterlar, auditorlar, soliq maslahatchilari va boshqa manfaatdor shaхslar uchun moʻljallangan.

 

Kursda ishtirokchilar quyidagilarni oʻrganadilar:

  • penya va jarimalarga tushib qolmasdan soliqlarni toʻgʻri toʻlash;
  • hisob-kitoblar va hisobot shakllarini toʻgʻri toʻldirish;
  • byudjetga toʻlanadigan summalarni optimallashtirish.

 

Oʻquv kurslari Oʻzbekistonda yagona boʻlgan soliqlarga doir onlayn dasturlarni qoʻllagan holda olib boriladi, bu orqali amaliy testlar va vazifalar yordamida soliq solishning barcha qoidalarini oʻzlashtirish mumkin boʻladi. 

 

Trening yakunlari boʻyicha ishtirokchilar elektron shaklda tarqatma materiallar – Norma ekspertlari tomonidan tayyorlangan oʻziga хos soliq navigatorini qoʻlga kiritadilar, koʻp uchraydigan savollarga javob oladilar. 

 

Bu yerda yozilish mumkin.