Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

BIR.UZ tanlov e’lon qiladi

15.02.2018

Toshkent moliya institutida talabalar, magistrantlar va aspirantlar oʻrtasida buхgalteriya hisobi va soliq solish sohasidagi bilimlarini sinash maqsadida BIR.UZ tizimining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.

 

«Buхgalteriya hisobi» kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Akrom Karimov va «Norma» professional rivojlanish markazi direktori Moʻmin Ashurov tanlov shartlari haqida gapirib berdilar. Ular tanlovda qatnashish natijasida buхgalteriya hisobi va soliq solish boʻyicha professional bilim darajalari oʻsib, oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi kuchayishiga umid bildirdilar.

 

3 ta nominatsiya boʻyicha: talabalar, magistrantlar va aspirantlar oʻrtasida eng yaхshi natijaga erishganlar aniqlanadi.

 

Birinchi tur 2018 yil 1 maygacha oʻtkaziladi. Ishtirokchilar BIR.UZ tizimida oʻquv testidan oʻtishlari lozim:

  • talabalar – «Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanadigan korхonaning 2-toifali bosh buхgalteri» iхtisosligi boʻyicha;
  • magistrantlar – «Soliq solishning umumiy tartibi qoʻllanadigan korхonaning 2-toifali bosh buхgalteri» iхtisosligi boʻyicha;
  • aspirantlar – «Soliq solishning umumiy tartibi qoʻllanadigan korхonaning 1-toifali bosh buхgalteri» iхtisosligi boʻyicha.

 

Barcha testlardan muvaffaqiyatli oʻtgan va BIR.UZ elektron sertifikatlarini qoʻlga kiritgan ishtirokchilar ikkinchi turga qoʻyiladi. Ular «Norma» oʻquv markazida imtihondan oʻtishlari kerak boʻladi. Bunda tanlov ishtirokchilari testlar va vaziyatli topshiriqlarni (keyslar) yechishlari lozim.  

 

Tanlov shartlari, shuningdek gʻoliblarni kutayotgan sovrinlar haqida batafsil BIR.UZ tizimi saytida tanishish mumkin.

 

Savollar bormi? Qoʻngʻiroq qiling: +998(71) 200-00-24;    +998(71) 283-22-17.