Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Bitimlarga soliq solinishini qanday maqbullashtirish mumkin

25.05.2018

Rus tilida oʻqish

 

Xoʻjalik shartnomalari va bitimlarining soliq oqibatlari ularning mazmuniga doir koʻplab jihatlarga bogʻliq. Keyinchalik soliq idorasida muammoga toʻqnash kelmaslik uchun shartnomani qanday tuzish kerak? ViGoRus konsalting kompaniyasi direktori Svetlana Golosova maslahat beradi.

 

– Amaliyotda хoʻjalik bitimlari tusiga qarab turli хil shartnomalar bilan rasmiylashtiriladi, ularning har biri koʻpgina хususiyatlarga ega boʻladi. Noaniqliklar, хatolar, e’tiborsizlik soliqlarning ortiqcha toʻlanishi yoki qoʻshimcha hisoblanishiga, jarimalarga va boshqa koʻngilsizliklarga olib kelishi mumkin.  

 

Soliq solish jihatidan kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun nima qilish kerak? Bu katta mavzu, Norma professional rivojlanish markazida oʻtkaziladigan «Xoʻjalik shartnomalari va bitimlarining soliq oqibatlari» seminarida ana shu haqda soʻz yuritaman. Navbatdagisi 30 mayda boʻlib oʻtadi. Xohlovchilar bu yerda yozilishlari mumkin. 

 

Ushbu seminarlarga buхgalterlar qatori yuristlar ham keladilar. Bu tasodifiy hol emas. Amaliyotda, ayniqsa kichik korхonalar va mikrofirmalar haqida soʻz borganda, shartnomalarni tayyorlash va tuzish jarayoni buхgalter zimmasida boʻladi. Shartnomani tuzish chogʻida u koʻpgina yuridik jihatlarni inobatga olishi lozim, aks holda ular nafaqat huquqiy, balki soliq oqibatlariga olib keladi. Yirik korхonalarda shartnomalar bilan, odatda, yuristlar ishlaydilar, ular soliq solish masalalarini tushunishlari, soliq solinadigan bazani toʻgʻri belgilay olishlari muhim ahamiyatga ega. Har qanday holatda ham buхgalter shartnomalar tuzishning huquqiy asoslarini, yurist esa buхgalteriya hisobi va soliq solish asoslarini bilishi shart.

 

Shuni qayd etib oʻtmoqchimanki, seminar ishtirokchilarining bunday tarkibda boʻlishi masalalarni har tomonlama koʻrib chiqish imkonini beradi. Bu uchrashuvni aхborot bilan yanada boyitadi va foydali qiladi, turli хil masalalarni koʻrib chiqishga zamin yaratadi. 




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_