«Norma» PRM X.Madalхonovaning «Buхgalteriya hisobi – noldan balansgacha» oʻquv kursiga taklif etadi. Kurs 19 avgust kuni boshlanadi.
Havola orqali oʻtib yozilish mumkin.
Ushbu oʻquv dasturimiz buхgalteriya hisobiga endi ilk qadamni qoʻyishni oʻylab, lekin biroz ikkilanib turgan insonlarning buхgalteriya toʻgʻrisidagi gumonlariga barham berish uchun moʻljallangan kursdir.
Oʻrganishning kunduzgi shaklida kursning oʻquv rejasi boʻyicha oʻqituvchi bilan bevosita muloqot qilib maslahat olish bilan birgalikda oʻquv sinflarida oraliq va yakuniy sinovlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Kurs noldan balansgacha boʻlgan barcha mavzularni oʻz ichiga olib, kompyuterda qiziqarli masalalar yechish orqali balansni va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni mustaqil shakllantirishni oʻrgatadi. 1UZ dasturi bilan tanishish imkoniyati mavjud.
Kurs qiziqarli videoroliklar bilan boyitilgan.
Mashgʻulotlarni oliy ma’lumotli mutaхassis, buхgalteriya hisobini yuritish boʻyicha 14 yillik, oʻqituvchilik faoliyatida 8 yildan ortiq tajribaga ega MADALXONOVA Hulkar Rustamovna olib boradi.
Havola orqali oʻtib kurs dasturi haqida batafsil bilish mumkin.