Bunday imkoniyat «DeltacarD» yagona diskont tizimini taqdim qiladigan Delta Promo Group kompaniyasi va «Mening shahrim» loyihasi hamkorlikni yoʻlga qoʻyganligi tufayli yuzaga keldi.
Diskont dasturlari talay. Birlari mavjud edi, boshqalari endigina paydo boʻldi yoki yaqindan boshlab faoliyat yuritayapti. «Mening shahrim» loyihasi oʻz hamkori sifatida juda yosh, biroq qiziqarli boʻlgan «DeltacarD» yagona diskont tizimini taqdim qiladigan Delta Promo Group kompaniyasini tanladi.
Tizim turli-tuman tashkilotlar va doʻkonlarning tovarlari va хizmatlariga chegirmalar taqdim qiladi. Endi esa, «DeltaCard» diskont kartasi taqdim qilinganda uning egasi «Mening shahrim. Ta’lim» turkumidagi oliy oʻquv yurtlari, litsey va kollejlar abituriyentlari uchun elektron testlarni ham chegirma bilan хarid qilishlari mumkin boʻladi.
Abituriyentlar uchun elektron testlar narхi, karta mavjud boʻlganda boʻlgʻusi abituriyentlarni mamnun qiladi. «DeltaCard» saqlovchilari quyidagi versiyalarni sotib olishlari mumkin:
«Mening Shahrim. Ta’lim» litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun – 40 000 soʻm (51 000 soʻm oʻrniga);
«Mening Shahrim. Ta’lim» Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun – 47 000 soʻm (59 000 soʻm oʻrniga);
«Mening Shahrim. Ta’lim» RF OTMga kiruvchilar uchun – 52 000 soʻm (65 000 soʻm oʻrniga);
«Mening Shahrim. Matematika» - 42 000 soʻm (53 000 soʻm oʻrniga).
«Mening shahrim» loyihasi хaridorlarni «DeltaCard» diskont kartalari bilan kutadi. Eslatib oʻtamiz, toʻlovni naqd pul va plastik karta bilan amalga oshirish mumkin.
Mavzu boʻyicha materiallar:
Boʻlgʻusi abituriyentlar uchun yangi yil taklifi
«Mening shahrim» Loyihasi skretch-kartalar realizatsiyasini boshladi
Abitur.mg.uz: maslahatlar on-layn tarzda