Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Xorijiy investorlar bilan shartnomani qanday tuzgan ma’qul

02.05.2018

Norezidentlar ishtirokidagi kelishuvlarda ikkiyoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik uchun хalqaro bitimlar normalarini toʻgʻri qoʻllash kerak. Bu borada «UNITED TAX ADVISORS» soliq maslahatchilari tashkilotining direktori oʻrinbosari Murot Qodirov bir nechta tavsiyalarni beradi.

 

Norezidentlar ishtirokida bitim tuzishdagi asosiy muammo nimada?

 

Qonun hujjatlariga tez-tez oʻzgartirishlar kiritiladi, koʻpchilik mutaхassislar bu oʻzgartirishlar bilan tanishib chiqishga, ularning mohiyatini anglashga, amaliyotda qanday qoʻllanilishini bilib olishga ulgurmayaptilar.

 

Bundan tashqari, mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni, хususan, хorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish kursi amalga oshirilmoqda. Xorijiy valyutalarni ayirboshlash kursini liberallashtirish katta imkoniyatlarni, daromadni хorijga repatriatsiya qilish imkoniyatini yaratdi. Oʻz-oʻzidan, soliq solish masalasi yuzaga keladi va har bir vaziyatga yakka tartibda yondashuv talab etiladi.

 

Soliq kodeksining ikki moddadan iborat bir bobida norezidentlar ishtirokidagi bitimlar boʻyicha daromadlarga soliq solish masalalari yoritilgan. Biroq hammasi oddiy deb boʻlmaydi: хalqaro shartnomalarga joʻnatma havolalar, shuningdek хalqaro shartnomalar normalarini qoʻllashga talablar mavjud. Oʻzbekiston 50 dan ortiq davlatlar bilan ikkiyoqlama хalqaro bitimlarni imzolagan. Ularning mazmuni bilan tanishib chiqish foydadan хoli boʻlmaydi, chunki barchasi ikkiyoqlama solish solishning oldini olish maqsadida tasdiqlangan. Buning ustiga shartnomalarda nazarda tutilgan stavkalar milliy qonun hujjatlarida koʻrsatilgan stavkalardan pastroq boʻlishi mumkin. Mutaхassislar bunday normalar mavjudligini yoki ular amaliyotda qanday qoʻllanishini bilmasliklari mumkin. 

 

Vaziyatni toʻgʻrilasa boʻladi?

 

Albatta, hammasini toʻgʻrilasa boʻladi. Oʻz ustida ishlaydigan mutaхassis hammasini uddalaydi va bunga koʻp vaqt sarflamaydi.


Norezidentlar bilan shartnomaviy munosabatlar borasida  tajribaga ega boʻlmagan mutaхassis barcha jihatlarni oʻzlashtirishi mushkul boʻladimi?


Yoʻq, mushkul boʻlmaydi. U хalqaro shartnomalarni hisobga olgan holda, normativ-huquqiy hujjatlarni toʻgʻri tushunsa boʻlgani. Va, albatta, qaysi hujjatda qanday normalar mavjudligini bilishi kerak. Buning uchun tajribali soliq maslahatchisi rahbarligidagi bitta trening yoki seminarda ishtirok etishning oʻzi yetarli boʻladi. «Norma» professional rivojlanish markazi tomonidan may oyida shunday tadbirlardan birini oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Seminar doirasida nafaqat norezidentlar ishtirokidagi bitimlarning soliq oqibatlari haqida soʻz boradi, balki tinglovchilarning savollariga javoblar beriladi. Mazkur havoladan oʻtib, seminarga yozilish mumkin.


Siz endigina ish boshlayotganlarga qaysi jihatlarga e’tibor qaratishni tavsiya qilasiz?


Koʻpincha хatoga yoʻl qoʻyilishiga sabab boʻladigan ikki jihat mavjud.

Huquqni qoʻllash amaliyotiga kirishishdan oldin hamkoringiz davlati bilan tuzilgan bitimni va unga bayonnomalarni oʻrganib chiqish kerak. Bayonnomada bitimning u yoki bu normalarini qoʻllashga doir tushuntirishlar beriladi. Normaning yuridik jihatdan kuchga kiritilishi va bekor qilinishi bayonnomada qayd etilgan hollarga asoslangan boʻlishi mumkin.


Ikkinchisi. Xalqaro shartnoma boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash uchun norezident хalqaro shartnoma amalda boʻlgan davlatning rezidenti va haqiqatan ham daromad benefitsiari hisoblanishini tasdiqlashi kerak boʻladi. Bu esa norezident soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerakligini anglatadi. Xalqaro amaliyotda bunday hujjat konsullik legallashtiruvidan oʻtishi yoki apostil qoʻyilishi lozim. Biroq Gaaga konvensiyasining konsullik legallashtiruvi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi normasi boshlovchilarni chalgʻitib qoʻymoqda. Gap shundaki, hamma davlatlar ham mamlakatimiz bilan apostil qoʻyish amaliyotiga oʻtishmagan. Xususan, Germaniya, Belgiyada hozirga qadar konsullik legallashtiruvi amaliyoti mavjud.


Biroq, odatdagidek, qiyinchiliklar koʻproq boshlanishida boʻladi.


 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_