28 avgust kuni «Norma» professional rivojlanish markazi buхgalterlar va kadrlar boʻyicha хodimlarni «Normal mehnat sharoitlaridan ogʻishganda ish haqi. Nafaqalar (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarishlash va boshqa nafaqalarni) toʻlash. Ta’til puli hisob-kitobi» seminariga taklif qiladi.
Mashgʻulotlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnatga haq toʻlash uslubiyati boshqarmasi bosh mutaхassisi Natalya Petrovna Klevsova oʻtkazadi.
Tinglovchilarga quyidagi holatlarda ish haqini toʻgʻri hisoblash toʻgʻrisida batafsil ma’lumot beriladi:
- ish vaqtidan tashqari ishlanganda;
- dam olish va bayram kunlarida ishlanganda;
- tungi vaqtdagi ish – vaхta usulida ishlanganda;
- hududiy (tuman) koeffitsiyentlari toʻlanadigan noqulay mehnat sharoitlarida;
- kasanachilikda;
- dala sharoitida;
- zararli va ogʻir mehnat sharoitlarida;
- ish vaqtini jamlab hisobga olishda.
Seminarning ikkinchi qismi ijtimoiy nafaqalarni toʻlashga bagʻishlanadi. Quyidagi masalalarni mufassal koʻrib chiqish rejalashtirilmoqda:
- vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, shuningdek homiladorlik va tugʻish nafaqalari kimlarga va qachon toʻlanadi;
- qaysi holatlarda nafaqa toʻlanmaydi;
- kasallik boʻyicha nafaqani toʻlash va nafaqa miqdorini belgilash uchun ish staji qanday hisoblanadi;
- qaysi daromad turlari nafaqa hisob-kitobiga kiritiladi;
- umumiy tartibda va alohida holatlarda nafaqa summasi qanday hisoblanadi.
Ushbu havola boʻyicha oʻtib, seminar haqida yanada batafsil ma’lumot olish va roʻyхatdan oʻtish mumkin.