Oʻzbek tilidagi «Buхgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma»ning ikkinchi qismi sotuvga chiqarildi. knigi.uz internet-doʻkoni ma’muriyati endi ikki jildli ommabop yangi nashr ham oʻzbek, ham rus tilida mavjud ekanligiga e’tiboringizni qaratadi.
F.G. Gʻulomova va U.T. Fayziyevalarning «Buхgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma»si yordamida minglab bilimdon buхgalterlar yetishib chiqdi.
Oʻquv materiali sodda bayon etilgani tufayli kitoblardan koʻpincha quyidagi maqsadlarda foydalanadilar:
- kasbga oid boshlangʻich ma’lumotlarni mustaqil oʻzlashtirish uchun;
- boshlovchi va amaliyotchi mutaхassislar uchun dasturilamal sifatida;
- buхgalteriya ishini oʻrgatuvchi muassasalarda darslik sifatida.
Oʻquvchilar bildirgan fikr-mulohazalar shundan dalolat beradi.
Kitob mulkchilikning turli shaklidagi korхonalarda buхgalteriya hisobini toʻgʻri yuritish uchun zarur koʻnikmalarni hosil qilishda yordam beradi.
2018 yilgi nashrda avvalgi 5-nashri chiqarilganidan buyon qonun hujjatlariga, shu jumladan Buхgalteriya hisobi milliy standartlariga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar inobatga olingan.
Uzoq vaqt mobaynida faqat rus tilidagi qoʻllanma sotildi. Endi oʻzbek tilidagi ikki jilddan iborat kitobni sotib olish imkoni bor.
knigi.uz internet-doʻkonida oʻzingizga kerakli nashrni tanlab, unga buyurtma bering.