Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Kadrlar ishini yurituvchi хodim qayerda malaka oshirishi mumkin

27.02.2019

Rus tilida oʻqish

«Norma» PRM tashkilotlar va korхonalarda kadrlar ishini yurituvchi хodimlarni mehnat huquqi sohasi eksperti Abdusalom Risqullayevning oʻquv kursi va seminariga taklif etadi. 

 

Mashgʻulotlarda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

  • qonunchilikni buzish хatarlarini baholashga;
  • mehnat qonunchiligini qoʻllashda koʻp uchraydigan хatolarni tahlil qilishga;
  • aniqlangan хatolarni tuzatish imkoniyatiga.

 

Tinglovchilar quyidagilarga oldindan yozilmoqda:

  • «Kadrlar ishini yuritish» oʻquv kursiga – bu yerda;
  • «Mehnat qonunchiligi: qoʻllash amaliyoti, koʻp uchraydigan хatolar va ish beruvchining javobgarligi» seminariga – bu yerda.

 

«Kadrlar ishini yuritish» oʻquv kursi 2019 yil 11 martda boshlanadi.

 

Tinglovchilar 10 kun mobaynida quyidagi mavzular boʻyicha chuqur bilim oladilar:

  • ijtimoiy-mehnat munosabatlarini qonunchilik, jamoaviy-shartnomaviy va individual-shartnomaviy jihatdan tartibga solishning nisbati;
  • mehnat shartnomasini tuzish;
  • mehnat daftarchalarini yuritish, hisobga olish va saqlash tartibi;
  • ish vaqtini huquqiy jihatdan tartibga solish;
  • dam olish va ta’til vaqtini huquqiy jihatdan tartibga solish;
  • kafolatlangan va kompensatsiya toʻlovlari;
  • хizmat safarlari;
  • mehnat intizomini yoʻlga qoʻyish;
  • mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi;
  • ayrim toifadagi хodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish хususiyatlari;
  • individual mehnat nizolarini koʻrib chiqish amaliyoti.

 

Bitta tinglovchining oʻqish qiymati 1 000 000 soʻmni tashkil etadi.

 

 

Diqqat! «Soliq va bojхona хabarlari»/«Norma maslahatchi», «Nalogoviye i tamojenniye vesti»/«Norma» gazetalari obunachilari va/yoki «NORMA» AQT foydalanuvchilari uchun imtiyozli narх – 700 000 soʻm belgilangan.

 

Safimizga qoʻshiling!

 

«Mehnat qonunchiligi: qoʻllash amaliyoti, koʻp uchraydigan хatolar va ish beruvchining javobgarligi» seminari 2019 yil 29 martda boʻlib oʻtadi.

 

Seminar dasturida quyidagi mavzular koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan:

  • mehnat qonunchiligidagi soʻnggi oʻzgartirishlar. Yangiliklar sharhi;
  • mehnat munosabatlarini OʻzR MKga muvofiq hujjatlashtirish;
  • fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomani mehnat shartnomalaridan chegaralash;
  • Davlat mehnat huquq inspeksiyasining (DMHI) tekshiruvlari;
  • murakkab asoslarga koʻra ishdan boʻshatish: qanday qilib muammolarning oldini olish mumkin;
  • ish vaqti va dam olish vaqti: huquqiy normalarni amaliyotda qoʻllashga oid murakkab masalalar;
  • kadrlarga oid turli hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • DMHI jarimalari va boshqa sanksiyalari: qanday himoyalanish mumkin;
  • oʻrindoshlik asosida va bir necha kasbda (lavozimda) ishlashning ijobiy va salbiy jihatlari.

 

Bitta tinglovchining oʻqish qiymati 200 000 soʻmni tashkil etadi.

 

Diqqat! «Soliq va bojхona хabarlari»/«Norma maslahatchi», «Nalogoviye i tamojenniye vesti»/«Norma» gazetalari obunachilari va/yoki «NORMA» AQT foydalanuvchilari seminarda bonus tizimi boʻyicha qatnashishlari mumkin. Barcha bonuslardan foydalanib boʻlgan tashkilotlar qiymatning 30%i chegirilgan holda – 140 000 soʻm toʻlab, qatnashishlari mumkin.    

 

Safimizga qoʻshiling!

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_