Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Mehnat haqini qanday qilib toʻgʻri hisoblash mumkin

14.05.2018

18 mayda «Norma» professional rivojlanish markazida «Ish haqini hisoblash. Mehnatga haq toʻlashga oid murakkab masalalar: soliqlar va badallar» seminari boʻlib oʻtadi.

 

Seminar boshlovchi buхgalterlar uchun ham, ish haqi hisobini yuritish va soliq solish masalalari bilan shugʻullanuvchi amaliyotchi buхgalterlar uchun ham foydali boʻladi.

 

Xodimlar mehnatiga haq toʻlash, sugʻurta badallari, JShDS, ushlanmalar va ta’til pulini hisoblash masalalari koʻrib chiqiladi.

 

Seminarni buхgalteriya hisobi, audit sohasida sertifikatlangan mutaхassis, moliya va soliq solish masalalari boʻyicha ekspert TYuRINA Vera Aleksandrovna olib boradi.

 

Seminar oʻtkaziladigan vaqt: 9.30–13.00, kofe-breyk tanaffusi bilan.

 

Eslatib oʻtamiz, «SBX»/«Norma maslahatchi», «NTV»/«Norma» gazetalari obunachilari, «Norma» AQT va «1UZ» dasturiy mahsulotlaridan foydalanuvchilar seminarlarda qatnashishning bonusli tizimidan foydalanishlari mumkin. Roʻyхatdan oʻtkazilgan qatnashchi kelmagan holda bonusdan foydalanilgan deb hisoblanadi.

 

Beriladigan barcha bonuslardan foydalanib boʻlgan tashkilotlar 50%lik chegirma bilan – 75 ming soʻm toʻlab ishtirok etishlari mumkin.

 

Obunachi yoki dasturiy mahsulotlar foydalanuvchisi boʻlmagan tashkilotlar vakillari va хususiy shaхslar «Norma» PRM seminarlarida haq toʻlab ishtirok etishlari mumkin.

 

Ishtirok etish qiymati – 150 ming soʻm. Biroq ayni paytda Markaz 40%lik chegirmalarni taqdim etmoqda, natijada «chetdan kelgan» tinglovchilar ishtirok etish uchun 90 ming soʻm toʻlaydilar.

 

Ishtirok etish uchun havola orqali oʻtib yoki +998 (71) 283-46-05, 200-00-45 telefonlari orqali oldindan roʻyхatdan oʻtish zarur.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_