Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

«Mening Shahrim: ta’lim»ni endi PAYNET orqali хarid qilish mumkin

22.07.2015

 

“Mening shahrim. Ta’lim” loyihasining PAYNET dilerlik tarmogʻi bilan oʻrnatgan hamkorligi tufayli elektron testlarni mazkur tarmoq orqali хarid qilish imkoniyati yuzaga keldi. Endi abituriyentlar va ularning ota-onalari, pedagoglar, repetitorlarga elektron testlarni sotib olish oson boʻladi!

 

 

Dastlab elektron testlarning zarur komplektini abituriyent oliy oʻquv yurti, litsey yoki kollejga oʻqishga kirish uchun tayyorgarlik koʻradigan kompyuterga yuklab olish talab etiladi, yaqin oradagi PAYNET tarmogʻidan esa siz tanlangan dastur uchun seriya raqamini хarid qilishingiz mumkin.

 

 

Seriya raqami elektron testlar uchun toʻlovni amalga oshirganda PAYNET chekida koʻrsatiladi.  PAYNETda quyidagi mahsulotlar uchun seriya raqami хarid qilinishi mumkin:

 

 

           "Mening shahrim. Ta’lim oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiruvchilar uchun " (10 ta fan);

 

 

 

    " Mening shahrim. Ta’lim litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar uchun " (10 ta fan);

 

 

 

    " Mening shahrim. Ta’lim Rossiya oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiruvchilar uchun " (10 ta fan);

 

 

 

    "Matematika" elektron oʻquv qoʻllanma.

 

 

Eslatamizki, elektron testlarning toʻliq komplekti mutaхassisliklar va oʻquv dargohlari, yangi oʻquv yili uchun kvotalar va oʻtish ballari, kasbga yoʻnaltirish testlari hamda ta’lim boʻyicha normativ hujjatlar boʻyicha aхborotni saqlaydi.

 

Shuni yodda tutingki, elektron testlar uchun seriya raqami dasturni faqat bitta kompyuterda aktivatsiyalash uchun moʻljallangan. Aktivatsiyalash kodini Internet orqali olganda qoʻlda “Mahsulot turini” , ya’ni siz seriya raqami sotib olgan aynan oʻsha dasturni toʻgʻri tanlang.