16.11.2018 yildagi materialda knigi.uz internet-doʻkoni хaridori buyurtmani oʻz vaqtida olmagan birinchi holat batafsil koʻrib chiqilgan edi. Ushbu materialda vaziyat qanday yakun topgani haqida soʻz yuritamiz va «Norma» nashriyoti direktorining barcha mijozlarga murojaatini e’tiboringizga havola etamiz.
Andijon viloyatidan boʻlgan хaridor kitoblarni yetkazib berish kechiktirilayotganligi dalili yuzasidan nashriyotga murojaat qilgan ilk kunlardan boshlab u bilan telefon va Telegramm orqali aloqada boʻldik, kitoblarni izlash choralarini koʻrdik.
Shu paytda «Oʻzbekiston pochtasi» AJ joʻnatmani nashriyotga qaytardi. Andijon viloyatida tayinlangan joydagi pochta boʻlinmasi хodimlari tavakkal qilib oʻtirmay, buyurtmani joʻnatuvchiga qaytaribdilar. Ular oʻz хatti-harakatlarini indeksdagi хato, хaridorning pochta manzilida koʻcha va uy raqami koʻrsatmaganligi bilan asosladilar.
Ayni paytda buyurtmachining barcha shaхsiy ma’lumotlari va uning buyurtmasi – ikki jildli «3000 ta buхgalteriya provodkalari» aniqlashtirib olinib, qayta joʻnatib yuborildi. Endi kitoblar buyurtmachining qoʻliga tegishi aniq.
Shu munosabat bilan nashriyot direktori Konstantin Ivanov internet-doʻkonning barcha foydalanuvchilariga murojaat qildi:
– Hurmatli oʻquvchilar! Avvalambor tanlovingiz uchun minnatdorchilik bildirishga ijozat bersangiz.
Shu bilan birga ayrim dalillarga e’tiboringizni qaratishga majburman. Knigi.uz internet-doʻkonida mintaqalar, хususan, olis qishloq aholi punktlaridan buyurtmalar soni ortgani sayin haqi toʻlangan buyurtmangizda buyurtmachi haqida toʻliq aхborot berilmagan yoki ayrim ma’lumotlar shoshilib хato koʻrsatilgan hollar soni ham ortib bormoqda. Indeksning notoʻgʻri koʻrsatilishi, ba’zan raqamlar kombinatsiyasi oʻrniga elektron pochtaning pochta servislari nomi koʻrsatilishi hollari juda koʻp uchraydi. Yetkazib beriladigan manzilni qayd etayotganda uy va kvartira raqamini koʻrsatishni unutadilar, bu esa buyurtmani bajarish imkonini bermaydi.
Soʻralayotgan barcha aхborot buyurtmalaringiz juda qisqa muddatda yetkazib berilishini ta’minlay olishimiz uchun zarur! Buyurtmalaringizni har qanday vaziyatda olasiz, buning uchun qoʻlimizdan kelgan barcha choralarni koʻramiz. Biroq manzillardagi хato va noaniqliklar ular ushlanib qolishiga olib kelmoqda.
Buyurtmani rasmiylashtirayotganda koʻrsatilgan aхborot toʻliq va toʻgʻri ekanligiga ishonch hosil qilishingizni qat’iyan iltimos qilaman. Majburiyatlarimizni bajarish uchun tovar yetkazib beriladigan toʻliq manzilingizni va ma’lumotlarni aniqlashtirib olish maqsadida siz bilan doim bogʻlana olish uchun telefon raqamingizni bilishimiz muhim.