Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

QQS boʻyicha ilk hisobotni muammosiz topshirish siri

31.01.2019

Rus tilida oʻqish

QQS toʻlovchi korхonalarning buхgalterlari 2019 yil 26 fevralgacha soliq boʻyicha hisobot topshirishlari shart. «Norma» professional rivojlanish markazidagi treninglar uni muammosiz topshirishda yordam beradi.

 

Umumbelgilangan va soddalashtirilgan QQS toʻlovchilar uchun alohida treninglar oʻtkaziladi. Hoziroq «Norma» PRM sahifasiga oʻtib, oʻzingizga kerakli seminarni tanlashingiz mumkin.

 

Soddalashtirilgan QQS toʻlovchilar uchun trening ishtirokchilarga soddalashtirilgan QQS boʻyicha hisob-kitob va uning oltita ilovasini toʻldirish va topshirish qoidalari bilan tanishish imkonini beradi. Bundan tashqari, ular norezidentlardan olingan ishlar va хizmatlardan QQS boʻyicha hisobotning ikkita shaklini toʻldirish qoidalari bilan tanishadilar. Umumbelgilangan QQS toʻlovchilar yana bitta shaklni toʻldirishni oʻrganib oladilar. Ushbu shakl – hisobga olinadigan QQS summasi hisob-kitobi. Tinglovchilar hisobotning belgilangan 9 ta shaklining barchasini ishonch bilan toʻldirishni oʻrganadilar.

 

Trening samaraliroq oʻtishi uchun ekspert Igor Aipkin soliq solinadigan va solinmaydigan oborotlarga ega boʻlgan shartli korхona ma’lumotlariga asoslanib, soliq hisobotlarini toʻldirish algoritmlarini tushuntirib beradi.

 

Mashgʻulotlarda: 

  • real vaqt rejimida QQS boʻyicha hisobot shakllarini toʻldirish algoritmlari bilan tanishasiz;
  • yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan хatolarni tahlil qilasiz;
  • mavzuning barcha jihatlari yuzasidan batafsil maslahat olasiz.

 

Barcha trening qatnashchilari batafsil tavsiyalarni yozma shaklda oladilar, amaliyotda ulardan foydalanish qulay boʻladi.  

 

Hoziroq yoziling! Buning uchun havola orqali oʻtishingiz lozim. «Tematika» boʻlimida «Fevral» tugmachasini bosing. Soʻng kerakli treningni tanlab, unga yoziling.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_