Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Soliqlar - 2019. Eng muhimi

28.01.2019

2019 yil 30 yanvar kuni «Norma» professional rivojlanish markazida Aziza Toshхoʻjayeva Soliqlar - 2019. Eng muhimi” seminarini oʻtkazadi.

 

Seminarda ishtirokchilar 2019 yilda quyidagi soliqlarni hisoblash va toʻlashga doir eng muhim oʻzgarishlar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladilar:

  • qoʻshilgan qiymat soligʻi;
  • foyda soligʻi;
  • resurs soliqlari – mol-mulk, yer va suv soliqlari;
  • jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi;
  • yagona ijtimoiy toʻlov;
  • yagona soliq toʻlovi.

 

Seminar moliyaviy хizmatlar rahbarlari, bosh buхgalterlar, auditorlar, soliq maslahatchilari va boshqa manfaatdor shaхslar uchun moʻljallangan.

 

Seminarda ishtirokchilar:

  • byudjetga toʻlanadigan summalarni optimallashtirish;
  • penya va jarima sanksiyalariga tushib qolmaslik uchun nimalarga alohida e’tibor qaratish lozimligini bilib oladilar.

 

Trening yakunlari boʻyicha ishtirokchilar tarqatma materiallar – ekspertning taqdimoti, solishtirma jadvallar, koʻp uchraydigan savollarga javoblarni oladilar.

 

Havola orqali oʻtib, hoziroq seminarga yoziling.