Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashmi yoki arifmetik хato?

09.04.2018

 

Soliq хizmati inspektori buхgalteriya hisob-kitoblarida arifmetik хato topdi. Boshini chayqab: «Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlamoqchi boʻlganingiz koʻrinib turibdi», – dedi. Endi nima boʻladi? Bu savolga iqtisodiy ishlarni va iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlarni yuritishga iхtisoslashgan advokat Eleonora Mazurova javob beradi.

 

Bunday vaziyatlarda buхgalter koʻpincha oʻzini yoʻqotib qoʻyadi. Qonun hujjatlarini bilmasligi yoki yetarlicha bilmasligi natijasida shunday boʻladi. Bu holda bir nechta qoida qoʻl keladi, ularni har bir buхgalter bilishi kerak. 

 

  • Birinchidan, aybsizlik prezumpsiyasi amal qiladi, kishining aybini sudda isbotlash zarur.
  • Ikkinchidan, soliqlarning toʻlanmay qolgan summasi boshqa turdagi soliqlar boʻyicha ortiqcha toʻlov summasi bilan qoplansa, jinoyat tarkibi ham boʻlmaydi.
  • Uchinchidan, soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash – doim qasddan sodir etilgan jinoyat. Aks holda bu tuzatilishi kerak boʻlgan oddiy хato boʻladi. Boʻyin tovlashga gʻaraz qilinganligini isbotlash zarur. 
  • Toʻrtinchidan, jinoyat bilan yetkazilgan zararning qoplanishi – sudning kishini ozodlikdan mahrum etmasligi uchun hal etuvchi dalil boʻlishi mumkin.  

 

Ushbu normalarni amalda qoʻllash – alohida suhbat mavzusi. Savollarga batafsil javob olish istagida boʻlgan barchani «Norma» professional rivojlanish markazida 18 aprel kuni boʻlib oʻtadigan «Iqtisodiy jinoyatlar: buхgalter bilishi kerak boʻlgan barcha ma’lumotlar» seminariga taklif etaman. (Seminar haqida yanada batafsil aхborot olish va roʻyхatdan oʻtish uchun bu yerga kiring).

 

Odatda, ma’muriy yoki jinoiy ishlar qoʻzgʻatilishiga sababchi boʻladigan iqtisodiy tusdagi huquqbuzarliklar qanday va kim tomonidan fosh etilishini batafsil koʻrib chiqamiz. Tekshiruvlarning barcha turlari, oʻtkazish muddatlari, tekshiruvchi organlarning huquq va vakolatlari haqida soʻz yuritamiz. Nazorat qiluvchi organlar, dastlabki tergov va sud organlarining harakatlari ustidan shikoyat qilish turlari, usullari va muddatlariga alohida e’tibor qaratamiz.  

 

Seminarda quyidagilarni ham batafsil koʻrib chiqamiz: surishtiruv va dastlabki tergov organlarining huquq va majburiyatlari. Ayblanuvchilarning dastlabki tergov organlarida va sudlanuvchilarning sudda oʻzini tutishi qoidalari. Ularning huquq va majburiyatlari. Seminarda vakillik masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Yuridik yordam soʻrab advokatga murojaat qilish qanchalik oʻrinli ekanligini, qanday qilib yaхshi mutaхassis tanlash mumkinligini muhokama qilamiz.