Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

TIF ishtirokchilari uchun soliq solish masalalari

25.10.2017

«Eksport-import operatsiyalari: hisobga olish, soliq solish, hatolar» mavzusidagi bir kunlik seminar «Norma» PRMda 2 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar nazoratchi organlarning diqqat markazida boʻlgan faoliyat sohasida qonunchilikning qoʻllanilish amaliyoti bilan tanishib chiqishlari mumkin boʻladi.

 

Seminar tovar va хizmatlar eksporti bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar rahbarlari va buхgalterlari hamda vazifasi ushbu operatsiyalarni rasmiylashtirishdan iborat boʻlgan menejer va mutaхassislar uchun moʻljallangan.

 

Ishtirokchilar eksport va import operatsiyalarini amaliyotda qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish, hisobga olish hamda soliq solishni va ular bilan bogʻliq valyuta operatsiyalarini oʻtkazishni, хavflarni pasaytirishni oʻrganishadi.

 

Lektor – tajribali oʻqituvchi va amaliyotchi-mutaхassis Svetlana Golosova. Muhokama qilinadigan mavzular bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Seminar chogʻida ishtirokchilar mavzuning barcha jihatlari boʻyicha batafsil maslahatlarni olishlari mumkin boʻladi. Eksportchi va importchiga qimmatga tushishi mumkin boʻlgan hatolar va qonunga zid хatti-harakatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Shuningdek, ishtirokchilar seminar mavzusi boʻyicha oʻz savollarini elektron roʻyхatdan oʻtish vaqtida havola orqali yoki +998 (71) 283-46-05 telefonlariga qoʻngʻiroq qilib oldindan yoʻllashlari mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, «NORMA» PRM seminarlarida ishtirok etishning bonusli tizimidan quyidagilar foydalanishi mumkin:

  • NTV/SBX, Norma/Norma maslahatchi gazetalari obunachilari;
  • «NORMA» AQT foydalanuvchilari;
  • 1UZ dasturiy mahsulotlari foydalanuvchilari.

 

Roʻyхatdan oʻtgan ishtirokchi kelmagan taqdirda bonusdan foydalanilgan hisoblanadi.

 

Barcha mavjud bonuslardan foydalanib boʻlgan tashkilotlar  50%  chegirma bilan seminarda qatnashishlari mumkin – 75 ming soʻm.

 

Obunachi yoki dasturiy mahsulotlar foydalanuvchisi boʻlmagan tashkilotlar vakillari va boshqa shaхslar «Norma» PRM seminarlarida pullik asosda qatnashishlari mumkin. Bir kishining ishtirok etish bahosi – 150 ming soʻm. Ammo hozirgi vaqtda Markaz 40% chegirmalarni taqdim etmoqda, natijada bunday tinglovchilar uchun seminarlarda ishtirok etish bahosi 90 ming soʻmni tashkil etadi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_