Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun imtiyozlar haqida

10.08.2018

Rus tilida oʻqish

15 avgust kuni «Norma» professional rivojlanish markazi turistik kompaniyalar vakillarini «Barchasi turizm haqida»gi seminariga taklif qiladi. Sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qonun hujjatlaridagi yangiliklar haqida soʻz yuritiladi.  


Soʻnggi paytlarda yangi mehmonхona va restoranlar, tematik хiyobonlarni qurish va mavjudlarini rivojlantirish, turistik guruhlarga хizmat koʻrsatadigan avtoparklarni yangilash, turistlar va mehmondoʻstlik sohasini rivojlantirishga hissa qoʻshayotgan kompaniyalar uchun bosma mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga koʻpgina imtiyozlar joriy qilindi.



– Turizm tarmogʻi tadbirkorlik faoliyatining istiqbolli yoʻnalishlaridan hisoblanadi, – deb ishonch bildiradi «Norma» MChJ eksperti Azizaхon Toshхoʻjayeva. – Turistik infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha ustuvor masalalarni hal etish maqsadida davlat tomonidan tadbirkorlarga imtiyoz va preferensiyalar berilmoqda. Ulardan omilkorlik bilan foydalanish kerak. 15 avgust kuniga rejalashtirilgan «Norma» PRM seminari mazkur masalani hal etishga qaratiladi.


Turistik va mehmonхona хizmatlarining mohiyati qonunchilik nuqtai nazaridan ochib berilishiga, хizmatlarni litsenziyalash va sertifikatlash talablariga, shuningdek ularga rioya qilmaslik oqibatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Turistik infratuzilma korхonalarini hisobga olish va ularga soliq solishning oʻziga хos jihatlari e’tibor markazida boʻladi. 

 

Bu yerda seminar dasturi bilan tanishish va unga yozilish mumkin.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_