Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Yangi hujjatlar – har ish kunida!

01.12.2017

 

Internet tarmogʻi* orqali yangilanadigan «NORMA. OʻzR Qonunchiligi» AQT foydalanuvchilari uchun yaхshi yangilik!

 

1 dekabrdan boshlab tizim sizning hujjatlar bazangizni har kuni avtomatik tarzda yangilaydi**!

 

Qonun ijodkorligi jadallashdi: yangi hujjatlar deyarli har kuni qabul qilinib, rasman e’lon qilinmoqda. Foydalanuvchilarda esa ulardan darhol foydalanish imkoniyati boʻlishi darkor.


Siz faqat bir marotaba yangilashlar jadvalida “Har kuni” rejimini belgilashingiz hamda qulay vaqtni koʻrsatishingiz lozim boʻladi. Qolgan barcha jarayonni dastur avtomatik rejimda bajaradi.


 

Bu qanday bajariladi?

 

Agar sizda tarmoq va/yoki yakka foydalanuvchi AQT versiyasi oʻrnatilgan boʻlsa


1. "Yangilashni qabul qilish” nishonchasini bosing:


 

2. Paydo boʻlgan oynada “Sozlash”ga kiring:



3. “Jadval” boʻlimini tanlang. “Avtomatik tarzda yangilashni oʻrnatish”ga belgi qoʻying. Shundan keyin  - “har kuni”ni va qulay vaqtni belgilang. Yangilanishi lozim boʻlgan dasturlarga belgi qoʻying va “OK”ni bosing:



“Avtoyangilash – har kuni” rejimi oʻrnatildi.

 

Agar Siz AQTning flesh-versiyasidan foydalansangiz

 

Flesh-versiya dasturlari birmuncha oʻzgacha tarzda yangilanadi: Siz mustaqil ravishda har safar amalga oshiradigan interfeys orqali har kuni yangilashni tekshirish yoʻli bilan.

 

Yangilashdan foydalanish imkoniyati mavjud boʻlganda tizim avtomatik tarzda yangilash taomilini bajaradi.


Buni ikki usulda bajarish mumkin:


1-variant

 

 1. "Yangilashni qabul qilish” nishonchasini bosing:


 

2. Paydo boʻlgan oynada zarur mahsulotni tanlang va “Davom etish”ni bosing:


 

2-variant

 

Shuningdek, Siz vazifalar panelining oʻng tarafidagi «Norma» nishonchasi orqali ham yangilashdan foydalanish imkoniyati mavjudligini tekshirib koʻrishingiz mumkin.


1. «Norma» nishonchasini bosing:



 

2. Ochilgan menyuda “Yangilash”ni tanlang va tushuvchi kichik menyuda “AQTni yangilash”ni bosing:


 

Agar Sizda sozlash bilan muammo yoki qaysidir dasturiy mahsulotni yangilash boʻyicha savollar vujudga kelsa, bizga - “Yagona ma’lumot хizmati”ga (+99871)200-00-90 telefon raqami orqali qoʻngʻiroq qiling.

 


* Norma Plyus/Standart oyda 1 marta, oyda 2 marta va haftada 1 marta yangilash bilan.

 ** Dam olish va bayram kunlaridan tashqari (alohida muhim normativ-huquqiy hujjatlar chiqqan taqdirda dam olish kunlari ham yangilash amalga oshirilishi mumkin).