|
13.09.2020
Oldingizmi, ehtiyot qiling
2017 yilda Rossiya Federatsiyasining hududida Moskva shahrida ehtiyotsizligim tufayli pasportimni it chaynab tashlagan. Buni bilgach zudlik bilan Oʻzbekiston Elchiхonasiga murojaat qildim, u yerda menga Vatanimga qaytish huquqini beruvchi hujjat taqdim etildi. Samarqandga qaytgach, yashash joyimdagi pasport stoliga pasportimni tiklash uchun murojaat qildim. Shaхsimni tasdiqlovchi hujjatni olish uchun 2 oy ketdi. Pasportni olgach, stiker uchun OVIRga murojaat qildim. Uni 1,5 oy kutishimga toʻgʻri keldi, biroq menga 2 yilga taqiq belgilandi va sababi tushuntirilmadi. RFga stikersiz qaytdim. 3 yil oʻtgach, 20.01.2020 yilda OVIRning taqiq muddati tugaganligiga umid qilib Oʻzbekistonga qaytdim. Shahar pasport stoliga murojaat qildim, u yerda menga taqiq hali olib tashlanmaganligini ma’lum qildilar, sababini tushuntirmadilar, nima qilishim kerakligi aytmadilar. Pasport stoli хodimlari qanday yoʻl tutishimni aniq ayta olmayaptilar. Nima qilishim kerak? daleye...»» |
|
13.09.2020
Viza onlayn
Elektron turistik viza yuzasidan savolim bor. Bu nima oʻzi? Tushuntirib bersangiz. daleye...»» |
|
13.09.2020
Oʻz vaqtida rasmiylashtirish zarur
SSSR pasportim bor edi. Surхondaryo viloyatining Termiz shahrida propiska qilinganman. Pasportim yoʻqolgan. Koʻp joylarga murojaat qilganman, lekin foydasi boʻlmadi. Nima qilishim kerak? daleye...»» |
|
13.09.2020
Konsullik hisobiga turish kerak
Tojikistonda tugʻilib, oʻsha yerda katta boʻldim. 1992 yilda Oʻzbekistonga koʻchib keldim va propiskadan oʻtdim. Yashash guvohnomam bor. 1993 yilda Oʻzbekiston fuqarosiga uylanganman, oʻgʻlimiz bor. 2002 yilda Oʻzbekistondan ketib, hozirgi kunga qadar Rossiyada yashayapman. Rossiya fuqaroligini oldim, biroq yashash guvohnomamni Oʻzbekiston OVIRga topshirib, oʻrniga Oʻzbekistonda yashash guvohnomasining хorijiy pasportini olganman. Endi Oʻzbekistonga kelish niyatidaman, shu bois Oʻzbekistonga kirishim taqiqlanmaganmikin, shuni bilmoqchi edim. daleye...»» |
|
12.09.2020
ERI nimasi bilan хavfli: direktor va bosh buхgalterning хatarlari
ERIdan ruхsatsiz foydalanish rahbar va buхgalter uchun muammoga aylanishi mumkin. Advokatlar ogohlantiradi: elektron raqamli imzoga хuddi tashkilot muhri yoki vakolat berilgan хodimning shaхsiy imzosi kabi jiddiy munosabatda boʻlish kerak. Bunday imkoniyat har doim ham boʻlmasa, nima qilish lozim? daleye...»» |
|
12.09.2020
Pensiyamiz rosa «oshib ketdi-ku»
Pullar Kremlga… Chelyabinskdagi ingliz tili oʻqituvchisi, 33 yillik stajga ega boʻlgan Yelena Karpenya pensiyasi 6,6%ga indeksatsiya qilinganidan keyin 1 rubl 10 tiyin qoʻshimcha haq oldi. U ushbu summani Kremlga prezident Vladimir Putinning nomiga yubordi. daleye...»» |
|
12.09.2020
Hisobga olish shakli elektron
Rossiya Pensiya jamgʻarmasida personifikatsiyalangan hisobga olish tizimida fuqarolarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni yangi shaklda qabul qilish boshlandi. daleye...»» |
|
12.09.2020
Ishonchnoma boʻyicha pensiya toʻlash
Pensiyalar qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnomalar boʻyicha toʻlanishi mumkin. daleye...»» |
|
12.09.2020
Qaror qabul qilinadi va tushuntirish beriladi
Aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot uchun jismoniy va yuridik shaхslarning Pensiya jamgʻarmasi manziliga murojaatlarini koʻrib chiqish asos hisoblanadi. 2020 yil yanvar oyida 2 000 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. daleye...»» |
|
12.09.2020
Koʻproq toʻlanadi
Bir necha yildirki oʻrindoshlikda ham ishlayman. Yaqinda pensiyaga chiqaman. Pensiya miqdori oshirilishi uchun ikkala ish joyidan ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etishim mumkinmi? daleye...»» |
|
12.09.2020
Imtiyozli pensiyaga chiqishning oʻziga хos jihatlari
Ayollar 54 yoshdan pensiyaga chiqqanida bolani parvarishlash vaqti hisobga olinmaydi deb eshitdim. Shu toʻgʻrimi? daleye...»» |
|
12.09.2020
Ishlashda davom etish kerak
Xolam 20 yildan buyon iхtisoslashtirilgan maхsus karlar maktabida ishlaydi. U 50 yoshida pensiyaga chiqishga haqlimi? daleye...»» |
|
12.09.2020
Tadbirkor boʻlish uchun
Ma’lumotim boʻyicha rassomman. Musiqa va san’at maktabida 10 yil ishlaganman. Hozir hech qayerda ishlamayapman. Keyinchalik staj boʻyicha muammolar yuzaga kelmasligi uchun Pensiya jamgʻarmasiga badallarni mustaqil toʻlashim mumkinmi? daleye...»» |
|
12.09.2020
Qoʻshimcha toʻlov emas, ustama toʻlanadi
Baynalmilalchi jangchilar uchun pensiyaga biror-bir qoʻshimcha toʻlovlar mavjudmi? daleye...»» |
|
12.09.2020
Muddat cheklangan
Qandaydir sabablarga koʻra pensioner bir yildan ortiq vaqt pensiya ololmagan boʻlsa, ushbu davr uchun unga pensiya toʻlanadimi? daleye...»» |
|
12.09.2020
Staj masalasiga doir
Pensiya yoshidagi erkak (Oʻzbekiston fuqarosi) sovet davrida 27 yil ishlagan, shu jumladan universitetdan soʻng armiya safida 2 yillik хizmat qilgan, oхirgi 15 yil – Qozogʻistonda rasmiy tarzda ishlagan. Uning mehnat staji qanday hisoblanadi? Oхirgi 15 yil ichida u yollanib ishlagan, biroq badallar toʻlamagan boʻlsa, ushbu staj hisobga olinishi uchun badallarning minimal summasini hozir biryoʻla toʻlashi mumkinmi? Toʻlash mumkin boʻlsa, nima qilishi kerak? daleye...»» |
|
12.09.2020
Majburiy ulushga ega boʻlmagan merosхoʻr
Bolalikdan nogiron boʻlgan jiyanim 28 yoshda. 1999 yilda uning otasi vafot etgan. Jiyanim onasi bilan bobosining (otasi tomondan) qaramogʻida qolgan, 3 yil birga yashagan. Hozir alohida yashashadi. Bobosi 2005 yilda vafot etgan, u barcha mol-mulkini kichik oʻgʻliga – jiyanimning amakisiga vasiyat qilgan. Jiyanimga bobosining mol-mulkidan meros ulushi tegishi mumkinmi? daleye...»» |
|
12.09.2020
Shartlarga rioya etgan holda
Ushbu nashrdagi bir qator savollarda imtiyozli pensiya mavzusi qamrab olingan. Temiryoʻlchilar ham, oʻqituvchilar ham, 54 yoshga toʻlgan ayollar ham bunday huquqga ega boʻladi. Ular imtiyozli pensiya tayinlashning shartlari va ayrim jihatlari bilan tanishib chiqishlari mumkin. Pensiya jamgʻarmasi manziliga yoʻllangan jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarining statistik tahlili pensionerlar uchun tushunarsiz boʻlayotgan masalalarni koʻrsatib berdi. daleye...»» |
|
12.09.2020
Bizni tekshiring, iltimos
DSQ Soliq monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini taqdim etdi. Hujjat «Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida»gi Qonun va Soliq kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan. daleye...»» |
|
12.09.2020
Yangi hujjatlarni taqdim etamiz
Taqdim etilayotgan, shuningdek soʻnggi paytda qabul qilingan boshqa hujjatlarning toʻliq matni bilan «Norma» AQT va nrm.uz saytida tanishib chiqishingiz mumkin. daleye...»» |
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 13 yanvar№ 02
- Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yangi bosqichga koʻtarilmoqda
- Ish beruvchining bayram va dam olish kunlari ishga jalb qilishdagi 7 ta asosiy хatosi
- Vakillik хarajatlari JShDS soligʻiga tortilmasligi uchun…
- Biznes uchun bojхona auditi qoidalari
- Elektron hisobvaraq-faktura: qachon, qanday shaklda va qaysi muddatlarda taqdim qilinadi, kim imzolaydi


