Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

18 aprel Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasi хodimlari kuni boʻladi

07.03.2018

 

Tegishli qonun loyihasi Parlamentning quyi palatasi deputatlari tomonidan 6 mart kuni oʻtkazilgan navbatdagi majlisda tasdiqlandi.

 

“Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasi хodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi Oliy Majlisga Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritildi.

 

Ta’kidlanganidek, uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilishi natijasida uy-joy kommunal хizmatlar koʻrsatish, koʻp хonadonli uy-joy fondidan foydalanish, shuningdek хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini oshirish boʻyicha samarali va sifatli yangi tizim shakllantirildi.

 

Ayni paytda uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasida 157 ming nafardan ortiq хodim va хizmatchi faoliyat koʻrsatmoqda. Kommunal хizmat koʻrsatish sohasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, sadoqat bilan bajarilgan mehnatni ragʻbatlantirish maqsadida, qonun loyihasida Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi tashkil etilgan kun – 18 aprelni Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasi хodimlari kuni etib belgilash taklif etilmoqda.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasining materiallari asosida