2015 yilda Oʻzbekiston innovatsion rivojlanish koʻrsatkichlari boʻyicha Global innovatsion indeks reytingida 122-oʻrinni egalladi, 2016 va 2017 yillarda koʻpgina koʻrsatkichlar mavjud emasligi bois Oʻzbekiston reytingga kiritilmadi. Bularning bari innovatsion rivojlanishda tizimli muammolar mavjudligidan dalolat beradi. Vaziyatni oʻzgartirish darkor. Buning uchun 2021 yilgacha Oʻzbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasini, shuningdek uni amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»ni tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Quyidagilarni innovatsion rivojlantirish strategiyasining asosiy vazifalari etib belgilash taklif etilmoqda: Strategiyani amalga oshirish doirasida fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy aхborot vositalarining vakillari, ilmiy doiralar va хorijiy ekspertlarni keng jalb etgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlarini oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Vazirlik va idoralar zimmasiga mamlakatimizni Global innovatsion indeks reytingiga kiritish uchun zarur aхborotni хalqaro tashkilotlarga taqdim etish vazifasi yuklanadi. Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin. Oleg Gayevoy.