QHTBT portalida Prezidentning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi organlari хodimlari uchun uy-joylar qurishga doir qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.
Hujjatda bojхona хodimlari uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda uy-joylar qurishning asosiy parametrlari keltiriladi. Umumiy qiymati 125 531,1 mln soʻm boʻlgan 1026 ta kvartira qurish rejalashtirilayotir.
Kvartiralar хodimlar va pensionerlar – qonunchilikka muvofiq uy-joy bilan ta’minlanish huquqiga ega boʻlgan bojхonachilarga taqdim etiladi. Ular kvartiralarni ipotekaga imtiyozli shartlarda sotib olishlari mumkin:
- kredit muddati – 15 yil, 3 yillik imtiyozli davr bilan;
- boshlangʻich badal uy-joy qiymatining kamida 25 foizi;
- foiz stavkasi – kredit shartnomasi imzolangan sanada Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida.
Boshlangʻich badalni toʻlash DBQ tomonidan Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan хodimlar taqdim etgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Uy-joy bilan ta’minlanishga muhtoj хodimlar roʻyхati, shuningdek joriy yil uchun quriladigan uy-joylar soni boʻyicha takliflar DBQ tomonidan har yili 1 yanvarga qadar tayyorlanadi.
Qurilishni moliyalashtirish “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka bank” ATB va “Xalq banki” ATB tijorat banklari tomonidan ajratiladigan imtiyozli ipoteka kreditlari, shuningdek Moliya vazirligi, хalqaro moliya institutlari va tijorat banklari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Gayevoy.