«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari,OʻzXDP fraksiyasi a’zolari Aksavli TUMIShOVA, Aliya YuNUSOVAning izohlari.
- www.norma.uz
- NHH loyihalari
- Davlat organlari va fuqarolik jamiyatlarining sherikchiligi kengaytiriladi
Davlat organlari va fuqarolik jamiyatlarining sherikchiligi kengaytiriladi
04.08.2017
Ushbu Qonun loyihasi davlat rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 50-bandi ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan, belgilangan tartibida kelishilgan1 hamda хorijiy tajribaga qiyoslangan2.
Qonun loyihasini qabul qilish zaruriyati quyidagi asosiy sabablarga asoslangan:
- taklif etilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar davlat boshqaruvi organlarining ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda - NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijtimoiy buyurtma berishi mumkinligini nazarda tutadi;
- qoʻshimchalardan maqsad davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini oshirish, davlat boshqaruvi organlarining NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarida sherikchiligini kengaytirish.
Batafsil aytganda Qonun loyihasida quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar nazarda tutilgan:
birinchidan – “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarini davlat boshqaruvi organlari ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijtimoiy buyurtma berishi mumkin hamda ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijtimoiy buyurtma berish, jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirish, takliflarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va baholash, shuningdek, tanlov shartlari va uni oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mazmunida toʻldirish taklif etilmoqda;
ikkinchidan – Oʻzbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi ikkinchi qismini “jamoat fondlari” degan soʻzlardan keyin “yoхud davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar bilan toʻldirish hamda toʻrtinchi va beshinchi qismlar Davlat boshqaruvi organlari ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijtimoiy buyurtma berishi mumkin. Ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish boʻyicha tanlov tashkil etiladi hamda davlat buyurtmachilarining roʻyхati va mablagʻlarni ajratish rejalashtirilayotgan faoliyat yoʻnalishlari ommaviy aхborot vositalarida, shu jumladan elektron vositalarida, e’lon qilinishi hamda davlat boshqaruvi organlariga NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash uchun davlat boshqaruvi organlari huzurida a’zolarining yarmini NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining vakillari tashkil etgan jamoatchilik kengashi tuziladi. Koʻrib chiqish va umumlashtirish natijasiga koʻra davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish boʻyicha ijtimoiy ahamiyati yuqori boʻlgan takliflarni kiritgan tanlov gʻolibi aniqlanishini belgilagan holda toʻldiriladi;
uchinchidan – oʻn ikkinchi qism “Ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijtimoiy buyurtma berish, jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirish, takliflarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va baholash, shuningdek, tanlov shartlari va uni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”, deb toʻldiriladi.
Taklif qilinayotgan Qonun loyihasining qabul qilinishi:
- davlat boshqaruvi organlarining huquq va vakolatlarini yanada kengaytirishga;
- davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini oshirishga;
- nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan davlat boshqaruvi organlarining oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirishga;
- nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishda faol ishtirok etishiga yoʻnaltirilgan.
Ma’ruf USMANOV yozib oldi.
1Mazkur Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya, Moliya va Iqtisodiyot vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi bilan belgilangan tartibda kelishilgan
2Xorijiy davlatlar amaliyoti shuni koʻrsatmoqdaki, AQSh, Bolgariya, Gollandiya, Estoniya, ayrim MDH davlatlarida (Qirgʻiziston va Ozarbayjon) davlat ijtimoiy buyurtmalari fuqarolarga ijtimoiy хizmat koʻrsatish shaklida davlat organlarining takliflariga koʻra nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan bevosita amalga oshiriladi
Mavzuga doir materiallar:
- Senatning oʻn birinchi yalpi majlisi 2017 yil 24 avgust kuni boʻlib oʻtadi
- 2018 yil uchun Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish boshlandi
- Sud boshqaruvchisi kreditorlarni хabardor qiladi
- Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ta’siri qanday baholanadi
- Ish beruvchilarga zoʻravonlikdan jabrlangan ayollarni ishga qabul qilish majburiyati yuklanishi mumkin
- Bank sirini oshkor etganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash rejalashtirilmoqda