Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Turli nikohdan farzandlari boʻlgan хodimga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi qanday toʻlanadi Import qilishda QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibida nimalar oʻzgardi Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi

Dyuti-fri doʻkonlariga muddatsiz litsenziyalar berish taklif etilmoqda

18.07.2018

Rus tilida oʻqish

Erkin va bojхona omborlari, shuningdek bojsiz savdo (dyuti-fri) doʻkonlari faoliyatini litsenziyalashtirishni soddalashtirish rejalashtirilmoqda. QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.


Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu tashkilotlarni litsenziyalashtirish toʻgʻrisidagi yangi nizomlarni tasdiqlash taklif etilmoqda.

Asosiy yangilik – litsenziyalarni quyidagi tartibda berish rejalashtirilmoqda:

  • amal qilish muddatini cheklamasdan (hozir 5 yilga beriladi);
  • «Litsenziya» aхborot tizimlari kompleksi orqali.

 

Qaror tasdiqlangan taqdirda uning ta’siri ostiga tushadigan barcha tashkilotlar 2019 yil 1 yanvargacha yangi qoidalar boʻyicha litsenziya olishi kerak boʻladi. 

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


 
Oleg Gayevoy.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_