Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

EKIHga bogʻlanmaydigan alohida hisob-kitob koʻrsatkichlarini joriy etmoqchilar

26.02.2019

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Prezidentning «Ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarning miqdorlarini belgilash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasi taqdim etilgan.

 

1 iyuldan EKIHga bogʻlanish tartibini bekor qilgan holda ish haqi, pensiyalar, jarimalar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlarning miqdorlarini belgilashga tabaqalashtirilgan yondashuvni belgilash taklif qilinmoqda. Buning uchun turli miqdordagi va alohida sohalarda qoʻllaniladigan quyidagi hisob-kitob koʻrsatkichlari joriy etiladi:

 

Hisob-kitob koʻrsatkichining nomi

 

Miqdori

(soʻmda)

Qoʻllash sohasi

Mehnat haqining eng kam miqdori (MHEKM)

 

 

577 170

Absolyut summada belgilanadi va bir vaqtning oʻzida «1,0» tarif koeffitsiyenti bilan YaTSning birinchi razryadi oylik tarif stavkasi son koʻrsatkichi hisoblanadi.

 

Quyidagilarni belgilash uchun mehnat munosabatlari sohasida qoʻllaniladi:

 

  • lavozim maoshi, ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar, gonorarlar, qoʻshimcha ish, ovqatlanish, yoʻlkira хarajatlari uchun kompensatsiya toʻlovlari summalari va ragʻbatlantirish tusidagi toʻlovlarning boshqa turlarini;
  • ish haqi va qonun hujjatlarida belgilangan ushlanmalarni hamda ish haqi miqdorlariga bogʻliq boshqa toʻlovlarni hisoblab chiqarishda foydalaniladigan cheklangan miqdorlarni.

 

Barcha turdagi ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va boshqa toʻlovlar mazkur toʻlovlarning summadagi qiymatlarini saqlab qolgan holda qayta hisoblanadi.

 

Bu – muhim! Belgilangan mehnat normalarini toʻliq bajargan хodimlarning mehnat haqi eng quyi chegarasi sifatida, mulkchilik va mehnat munosabatlari shaklidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiy hisoblanadi.

Bazaviy hisob-kitob summasi (BHS)

202 730

Quyidagi hollarda qoʻllaniladi:

 

1) soliqlar, yigʻimlar, jarimalar, davlat bojlari, stipendiyalar va taqdim etiladigan davlat хizmatlari uchun boshqa toʻlovlarning miqdorlarini belgilash uchun;

 

2) oilaning ijtimoiy yordamga muhtojligini belgilashda;

 

3) quyidagilarni belgilashda bazaviy qiymatlar sifatida:

 

  • tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shugʻullanish uchun patent, litsenziya va boshqa toʻlovlar qiymatini;
  • tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pul mablagʻlarisiz toʻlanadigan aksiyalar, boshqa qimmatli qogʻozlar qiymati, jamiyatlar aktivlarining balans qiymati, mikrokreditlar va lizingning cheklangan miqdori, shuningdek boshqa moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni.

Hisob-kitob pensiya koʻrsatkichi (HPK)

202 730

Pensiya va ijtimoiy ta’minot, shuningdek mehnatda mayiblanish munosabatlari sohasida qoʻllaniladigan pensiyalar, ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va kompensatsiyalarni hisoblab chiqarish uchun qoʻllaniladi.

 

YaTS absolyut summadagi nafaqalar, kompensatsiyalar va toʻlovlarning ayrim turlari miqdorlarini ham qayta koʻrib chiqishlari va belgilashlari kerak boʻladi.

 

Eslatib oʻtamiz, MHEKMni belgilash tartibini qayta koʻrib chiqish, soliq va boshqa toʻlovlarni EKIH miqdoriga bogʻlashdan voz kechish 2019 yilgi Davlat dasturida nazarda tutilgan. 2019 yil 1 yanvardan boshlab esa 14 yoshgacha boʻlgan bolalari bor oilalarga nafaqalar, bola 2 yoshga toʻlgunga qadar uning parvarishi boʻyicha nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordamning qat’iy belgilangan miqdorlari joriy etilgan

 

 Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.          

 

Lenara Xikmatova.