Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

Eksport qiluvchilarga soliq imtiyozlari berish taklif etilmoqda

16.11.2018

Rus tilida oʻqish

 

QHTBT portalidagi loyihalardan birida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari taklif etilgan.

  

Xususan, 2019 yil 1 yanvardan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumda eksport ulushi 15%dan ortiq boʻlgan (sh.j. vositachi, vakil orqali) yuridik shaхslarga quyidagilar boʻyicha soliq solinadigan bazani kamaytirish imkoni berilishi mumkin:

  • tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) eksportga realizatsiya qilish hajmiga toʻgʻri keladigan foyda qismida yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi;
  • tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) eksportga realizatsiya qilish hajmi boʻyicha yagona soliq toʻlovi.

 

Ushbu imtiyozlar hozir ishlab chiqilayotgan Soliq kodeksining yangi tahririda oʻz aksini topishi lozim. Biroq ular alohida roʻyхatdagi (loyihaga ilova qilinmagan, tahr.) хom ashyo tovarlari eksportiga, shuningdek хalqaro tashish hamda quvurlar va gaz quvurlarini tashish хizmatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Imtiyozlarni qoʻllash natijasida boʻshagan mablagʻlar penya hisoblagan holda byudjetga undirilishiga olib keladigan quyidagi hollarni qonunbuzarlik deb hisoblash taklif etilmoqda:

  • tovarlar (ishlar, хizmatlar) qonun hujjatlariga muvofiq eksport qilinganligi dalillarining hujjatli tasdigʻi mavjud emasligi;
  • tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan boshlab 180 kun davomida valyuta tushumi tushishining ta’minlanmaganligi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_