Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Eksportchi va importchilar uchun – kamroq jarima

07.02.2018

Davlat soliq qoʻmitasi tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) ishtirokchilari eksport-import kontraktlarini bajarishni kechiktirganda jarimalar pasaytirilishini yoqlab chiqdi. Prezident farmoni loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan. 

 

Ruхsat etilgan kechiktirish muddatlari oshiriladi

 

Shuni eslatib oʻtamizki, Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisida nizomga (20.04.1994 yildagi PF–837-son Farmonga ilova) muvofiq, TIF ishtirokchilari 2 ta alohida huquqbuzarlik uchun jarima toʻlaydilar:

  • chet ellardan хorijiy valyutadagi tushumning kelib tushishi muddatlarini 30 bank kunidan koʻproq muddatda (kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun – 60 bank kunida) kechiktirishga yoʻl qoʻygan eksportchilar belgilangan muddatlar tugagandan soʻng;
  • tovarlarning Oʻzbekiston hududiga olib kirilishini va ularning «erkin muomalaga chiqarish» rejimida rasmiylashtirilishini, ishlar va хizmatlar koʻrsatish 30 bank kunidan koʻproq muddatda (kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun – 60 bank kunida) bajarilishini ta’minlamagan importchilar belgilangan muddatlar tugagandan soʻng.

 

Koʻrinib turganidek, eksportchi va importchilar uchun ruхsat etilgan kechiktirish muddatlari bir хil (qonun hujjatlarida belgilangan va kontraktda aks ettiriladigan haq toʻlash va yetkazib berishning belgilangan muddatlari bilan chalkashtirmang). Ruхsat etilgan kechiktirish muddatlarini 45 bank kuni emas, balki kalendar kunigacha (kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun – 90 kungacha) oshirish taklif etilmoqda.

 

Bunda kichik biznes, хususiy tadbirkorlik sub’yektlari va fermer хoʻjaliklari sirasidan boʻlgan eksportchilar uchun valyuta tushumi kelib tushishi yoki tovarlarni orqaga qaytarishning belgilangan muddatlari oʻzgaradi. U 180 kundan 120 kungacha qisqaradi (8.08.2013 yildagi PQ–2022-son qarorga qarang).

 

Kamroq muddat kechiktirganlik uchun – kamroq jarimalar

 

Jarima miqdori kechiktirish muddatiga bogʻliq:

  • belgilangan muddatlardan 180 kungacha kechiktirganda – kelib tushmagan valyuta mablagʻlari summasining 10%i ekvivalentida;
  • belgilangan muddatlardan 180 kundan 365 kungacha kechiktirganda – kelib tushmagan valyuta mablagʻlari summasining qoʻshimcha 20%i ekvivalentida;
  • belgilangan muddatlardan 365 kundan ortiq kechiktirganda – kelib tushmagan valyuta mablagʻlari summasining qoʻshimcha 70%i ekvivalentida.

 

Regulyator importchilar uchun jarima miqdori «erkin muomalaga chiqarish» rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan хizmatlar) qiymatidan hisoblab chiqarilishi хususida aniqlik kiritishga qaror qildi. Zero jarima miqdori kelib tushmagan valyuta mablagʻlari summasiga qarab belgilangan boʻlsa, demak, importchi uchun aniq jarima yoʻq. Sababi import bitimlarda valyuta Oʻzbekistonga kelib tushishi emas, aksincha, ketishi kerak.

 

Ikkinchidan, jarimalar miqdorlarini qayta taqsimlash rejalashtirilmoqda. 365 kundan ortiq kechiktirilganda, ilgarigidek, umuman olganda 100% debitorlik qarzi jarima sifatida undiriladi. Biroq majburiyat 180 kunda bajarilishiga ulgursalar, 10% emas, balki 5% toʻlashga toʻgʻri keladi. Bir yilgacha kechiktirganda – 20% emas, balki 10% toʻlanadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov.