Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan. 28 fevralga qadar muhokamada ishtirok etish mumkin.
Avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Oʻzbekistonga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻimlar stavkalari “2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun (15-ilova) bilan tasdiqlangan.
Foydalanilgan avtotransport bilan boʻlgan holatda ekspluatatsiya muddatidan kelib chiqib har bir ot kuchiga BHM foizi hisobida hisoblab chiqariladi (yangilaridan – хarid qilish narхining 3%i, tahr.). Yigʻimni avtotransport egalari (foydalanuvchilari) ularni IIV organlarida roʻyхatdan oʻtkazish chogʻida toʻlaydi.
Amaldagi stavkalarni oʻrtacha 3,3 marta kamaytirish taklif etilgan (quyidagi jadvalga qarang).
Ekspluatatsiya muddati |
Yigʻim stavkasi (har bir ot kuchiga BHM %i hisobida) |
|
amaldagi |
taklif qilinayotgan |
|
Yengil avtomobillar |
||
3 yilgacha |
11 |
4 |
3 dan 7 yilgacha (7 yil ham) |
9 |
3 |
7 yildan ortiq |
6 |
2 |
Mototsikllar (shu jumladan, mopedlar) va yordamchi dvigatel oʻrnatilgan velosipedlar, kajavali yoki kajavasiz |
||
3 yilgacha |
10 |
3 |
3 dan 7 yilgacha (7 yil ham) |
7 |
2 |
7 yildan ortiq |
5 |
1 |
Boshqa motorli transport vositalari |
||
3 yilgacha |
16 |
5 |
3 dan 7 yilgacha (7 yil ham) |
13 |
4 |
7 yildan ortiq |
9 |
3 |
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov.