Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddatini uzaytirishlari mumkin

30.09.2021

Rus tilida oʻqish

Davlat хizmatlari agentligi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqdi va muhokama uchun joylashtirdi, unda eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddatini uzaytirish taklif qilinmoqda.

 

Amaldagi tartibga asosan ( “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017 yil 2 martdagi 116-son VMQ) eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yangilariga 2021 yil yakuniga qadar almashtirilishi kerak.

 

Loyiha bilan ushbu muddatni haydovchilik guvohnomalari berilgan sanasiga muvofiq holda tabaqalashtirilgan tarzda uch oydan bir yilgacha 2022 yil 31 dekabrga qadar uzaytirish  taklif qilinmoqda.

 

Haydovchilik guvohnomalari berilgan sanani hisobga olgan holda, ular haqiqiy emas deb hisoblanadigan muddat koʻrsatilib, ularni almashtirish jadvali belgilanmoqda:

  • 2010 yilgacha boʻlgan davrda berilganlari – 2022 yil 1 apreldan;
  • 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2022 yil 1 iyuldan;
  • 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil 1 oktyabrdan;
  • 2015 yildan keyingi keyin berilganlari – 2023 yil 1 yanvardan boshlab.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_