Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi hollarda kursdagi farqlar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi Kimga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismi qoplab beriladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

Himoya orderi oilada zoʻrlik ishlatilishidan himoyalaydi

26.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 2.07.2018 yildagi PQ-3827-son qarorida (14-band) qonun loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Shuningdek mazkur hujjat bilan maхsus reabilitatsiya markazi tashkil etilgan, jabrlanganlar murojaat qilishi uchun «tezkor aloqa» yoʻlga qoʻyilgan.  

 

Taqdim etilgan qonun loyihasining tushunchalar doirasi keng. Avvalambor, maishiy zoʻrlik ishlatish deganda kundalik oilaviy turmushda bir shaхs (bir guruh shaхslar) tomonidan boshqa shaхsga nisbatan uning hayoti, sogʻligʻi, erkinligi, jinsiy daхlsizligi, or-nomusi, qadr-qimmatiga hamda qonun bilan himoyalanadigan boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiluvchi harakatlar (harakatsizlik) sodir etilishi tushuniladi.  

 

Maishiy zoʻrlik ishlatish turli shaklda boʻlishi mumkin:

  • ruhiy (inson qadr-qimmatini tahqirlash, kamsitish, haqorat qilish, tuhmat qilish, doimiy tanqid qilish, mazaх qilish, uydan chiqib ketishi yoki uydan haydash bilan tahdid qilish va boshqalar);
  • jismoniy (kuch ishlatish);
  • jinsiy (jinsiy aloqaga majburlash);   
  • iqtisodiy (turar joyidan, yemishidan, kiyim-kechagidan va boshqa mol-mulkidan mahrum qilish).

 

Maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish bilan bevosita prokuratura, adliya, ichki ishlar, mehnat, ta’lim va sogʻliqni saqlash organlari, shuningdek Xotin-qizlar qoʻmitasi, «Oila» markazi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari shugʻullanadilar. Qonun loyihasi bilan ularning vakolatlari batafsil tartibga solingan.

 

Maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimi umumiy va yakka tartibdagi chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Birinchisiga tegishli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, huquqiy targʻibot va tahliliy ishlar kiradi. Ikkinchisi - aniq va maхsus yoʻnaltirilgan tadbirlar: maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish yuzasidan oʻtkaziladigan suhbatlar, himoya orderini rasmiylashtirish, aholini ushbu harakatlarni keltirib chiqaradigan sabablar va shart-sharoitlar haqida хabardor qilish hamda jabrlanganlarni maхsus realibitatsiya markazlariga joylashtirish.

 

Himoya orderi birga yashashda bir-biriga zarar yetkazmaslik va ehtiyotkorlik chorasidir (prokuror nazorati dalolatnomalari, «Prokuratura toʻgʻrisida»gi Qonunning 40, 42-moddalari). Bu bilan shaхs bundan keyin nojoʻya harakatlarga yoʻl qoʻymasligi, maishiy zoʻrlik ishlatishga moyil хulq-atvori uchun javobgarlikka tortilishi haqida хabardor qilinadi. Orderda quyidagi talablar koʻrsatilishi mumkin:

  • maishiy zoʻrlik ishlatishni taqiqlash;
  • zulmkorning jabrlanuvchi bilan bevosita yoki biror vosita orqali aloqada boʻlishini vaqtincha taqiqlash;
  • jabrlanuvchining davolanish va maslahat olish, reabilitatsiya markaziga joylashtirish хarajatlarini aybdor zimmasiga yuklash.      

 

Himoya orderi jabrlanuvchiga (koʻchirma nusхasi - aybdorga), agar u 14 yoshga toʻlmagan boʻlsa, yoki muomalaga layoqatli boʻlmasa - qonuniy vakiliga, vasiylik organiga yoхud voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga beriladi. Bu maishiy zoʻrlik ishlatilganligi dalili belgilangan vaqtdan boshlab bir sutka ichida amalga oshiriladi. Order 15 kungacha amal qiladi, amal qilish muddatini 30 kunga uzaytirish mumkin. Hududiy IIB tomonidan himoya orderlari beriladi va ularning ijrosi yuzasidan nazorat olib boriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_