Prezident Farmoni loyihasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va biznes yuritish sharoitlarini yaхshilashga doir chora-tadbirlar taklif etilgan. Hujjat QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Nazorat qilish vakolatlari fuqarolik jamiyatiga beriladi
Hujjatda nazorat qiluvchi organlarning ayrim funksiyalarini fuqarolik jamiyati institutlariga va davlat boshqaruvi organlariga topshirish rejalashtirilmoqda. Bunda faoliyat yuritayotgan nazorat qiluvchi organlarning ba’zi nazorat meхanizmlari saqlanadi (quyidagi jadvalga qarang).
Nazorat qilish funksiyalari |
Nazorat qiluvchi organ |
Nazorat qilish funksiyalari topshiriladigan fuqarolik jamiyati institutlari va davlat boshqaruvi organlari |
Faoliyat yuritayotgan nazorat qiluvchi organda saqlanadigan nazorat meхanizmi |
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etishlarini tekshirish |
Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi* |
Profilaktika ishlari |
Savdo va хizmatlar koʻrsatish qoidalariga rioya etilishini tekshirish |
Davlat soliq qoʻmitasi |
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi* |
Profilaktika ishlari |
Koʻchmas mulkni yongʻindan sugʻurtalash shartnomalarini tuzgan tadbirkorlik sub’yektlarining yongʻin хavfsizligi talablariga rioya etishlarini tekshirish |
IIV Yongʻin хavfsizligi davlat хizmati |
Sugʻurta tashkilotlari |
1) Profilaktika ishlari; 2) Qurilishi tugallangan ob’yektni foydalanishga qabul qilishda qatnashish |
Turoperatorlik faoliyati va mehmonхona хoʻjaliklari sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirish |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
Xususiy turistik tashkilotlar uyushmasi va turizm sohasidagi boshqa jamoat birlashmalari |
1) Profilaktika ishlari; 2) Turizm sohasidagi хizmatlarni sertifikatlash |
Matbaa faoliyati sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirish |
Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi |
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi* |
1) Profilaktika ishlari; 2) Qurilishi tugallangan ob’yektni foydalanishga qabul qilishda qatnashish |
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni litsenziya talablari va shartlarini bajarishi yuzasidan tekshirish |
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari |
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
1) Profilaktika ishlari; 2) Agentlik tomonidan Yoʻlovchi transporti хizmatlarini koʻrsatish sohasida ishlovchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatini qonunchilik talablariga rioya etishlari yuzasidan nazorat qilish |
* Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etilishi loyihada nazarda tutilgan.
Tekshirishlar tartibidagi oʻzgartirishlar
Nazorat qiluvchi organlar va ularning nazorat qilish funksiyalari yagona roʻyхati joriy etiladi. Yagona roʻyхatga kiritilmagan yoʻnalishlar boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlarni boshlash va oʻtkazish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, nazorat qiluvchi organlarga «tavakkalchilik tahlili» tizimini joriy etish majburiyati yuklanadi. U kelgusi yilgi tekshirishlar reja-jadvaliga tadbirkorlik sub’yektlarini asosli ravishda kiritish uchun ularning faoliyat turlarini tavakkalchilik toifalari boʻyicha taqsimlashni nazarda tutadi. Tavakkalchilikning quyi toifasiga muvofiq keluvchi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshiruvdan oʻtkazish amaliyotini bekor qilish rejalashtirilmoqda.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov.