Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

Madaniy merosni ijaraga olish osonlashadi

28.04.2017

NHTBT portalida “Moddiy madaniy meros ob’yektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

 

Hukumat komissiyasi boʻlmaydi

 

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining moddiy madaniy meros ob’yektlarini va ularga tutash hududlarni investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish boʻyicha takliflarini koʻrib chiquvchi Hukumat komissiyasi faoliyatini tugatish taklif etilmoqda. Uning funksiyalari Madaniyat vazirligining Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga topshiriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, moddiy madaniy meros ob’yektlari va ularga tutash hududlar ijaraga tanlov asosida beriladi. Amaldagi normalarga muvofiq tanlov Hukumat komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Ijaraga beriladigan ob’yektlar toʻgʻrisidagi e’lonlar Madaniyat vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, va SSPning veb-saytlarida e’lon qilinishi shart (har bir ob’yekt boʻyicha e’lon mazmuni ishchi organ tomonidan belgilanadi).

 

Tanlov komissiyasi tarkibiga ishchi organ, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Turizimni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakillari kiritiladi.

 

Tanlov predmetiga bogʻliq ravishda tanlov komissiyasi tarkibiga restavratsiya-tiklash boʻyicha yuqori malakali mutaхassislar (olimlar), shuningdek loyiha, ekspert tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladi. Tanlov komissiyasi tarkibida ishchi organ vakillari soni tanlov komissiya a’zolari umumiy sonining ¼ qismidan ortiq boʻlmasligi kerak.

 

Ishchi organ 10 ish kuni mobaynida ijaraga beruvchi ishtirokida tushgan buyurtmanomalarni oʻrganadi, tanlov komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi, tanlovni oʻtkazish vaqti va joyini belgilaydi, shuningdek tanlov komissiyasi majlisini chaqiradi va unga buyurtmanomalarni koʻrib chiqish uchun kiritadi. Komissiya majlisi a’zolarining ¾ qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli sanaladi, qarorlari esa oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

 

Ijarachilar qoʻshimcha majburiyatlarni bajaradi

 

Tanlovda gʻolib boʻlgan tadbirkorlik sub’yekti ijarachi sifatida quyidagi yangi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi (mavjudlariga qoʻshimcha tariqasida):

  • ob’yektda restavratsiya-tiklash ishlarini va boshqa ishlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishi va davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini oʻz hisobidan tashkil etish;
  • ob’yektda bajarilayotgan restavratsiya-tiklash ishlari va boshqa ishlarning hajmi va sifatini har oyda aniqlash, shuningdek ushbu ishlar yakunida nazorat oʻlchovi oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlarning qoplashini loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishida ushbu loyiha-smeta hujjatlari qiymatining 4%i miqdorida inobatga olish;
  • ishchi organning hududiy organlari bilan ob’yektda bajarilayotgan restavratsiya-tiklash ishlari va boshqa ishlarning hajmi va sifatini har oyda aniqlash boʻyicha ilmiy-teхnik nazoratchini tayinlash boʻyicha shartnoma tuzish.

 

Eslatib oʻtamiz, ijara shartnomasi uzaytirish imkoniyati bilan 5 yilga tuziladi, uning mobaynida ijarachi ijara toʻlovining 80%idan ozod etiladi.

 

Loyiha davlat tilida tayyorlangan boʻlib, boshqa tuzatishlarni ham oʻz ichiga olgan va u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov.