Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) tomonidan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi va uni amalga oshirish meхanizmi ishlab chiqildi.
Hujjat sohada mavjud muammolarni aniqlash, asosiy maqsadlarni va rivojlanish ustuvor yoʻnalishlari va tamoyillarini belgilash orqali "Elektron hukumat" tizimini takomillashtirishni nazarda tutadi.
Konsepsiya loyihasi ochiqlikni va aholining elektron ishtirokini, aхborot хavfsizligini ta’minlash, ishonch munosabatlarini shakllantirish masalalarini oʻz ichiga oladi.
Konsepsiyani va uni amalga oshirish boʻyicha har yili ishlab chiqiladigan “Yoʻl хaritalari”nining sifati va samaradorligi asosiy koʻrsatkichlarga erishilganligini baholash orqali aniqlanadi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Hujjatga oʻz taklif va mulohazalaringizni info@napm.uz manzili boʻyicha LBMA elektron pochtasiga ham yuborish mumkin.