Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Milliy oliy ta’lim muassasalari dunyoning yetakchi reytinglariga kiradi

26.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Rivojlanish jamgʻarmasi va ushbu sohadagi хalqaro tadqiqotlar boʻyicha Milliy markazni tashkil etish taklif qilinmoqda.

 

QHTBT portalida muhokama qilinayotgan Prezidentning «Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasida shu nazarda tutilgan.

 

Yangi vakolatlar va markaz

 

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasini ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi yagona organga aylantirish taklif etilmoqda.

 

Shu munosabat bilan inspeksiyaga yangi vakolatlar berish taklif etilmoqda. U reyting agentliklari bilan hamkorlik uchun mas’ul boʻladi va milliy oliy ta’lim muassasalari dunyoning yetakchi reytinglariga kirishi yuzasidan uslubiy rahbarlik qiladi. Idora ta’lim muassasalari reytingini rasman e’lon qiladi va хorijiy tajribani oʻrganishda ishtirok etadi. Uning huzurida Ta’lim sifatini baholash хalqaro tadqiqotlari boʻyicha milliy markazni ham tashkil etish rejalashtirilmoqda.

 

Bundan tashqari, inspeksiyaga nodavlat ta’lim muassasalari faoliyati uchun litsenziyalarni berish, toʻхtatib turish va ulardan mahrum qilish vakolatlari beriladi. Hozir inspeksiya Vazirlar Mahkamasining Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi vazifalarini bajaradi (VMning 18.07.2017 yildagi 515-son qaroriga qarang).

 

Rivojlanish jamgʻarmasi

 

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Rivojlanish jamgʻarmasini yuridik shaхs maqomisiz tashkil etish rejalashtirilmoqda.

 

 

Jamgʻarmani shakllantirish manbalari

Xarajatlar moddalari

– birinchi va oliy toifali, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimlarini egallagan pedagog kadrlarni, shuningdek mazkur malaka toifalari va lavozimlarga da’vogarlik qilayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyalash uchun davlat boji toʻlashdan tushadigan mablagʻlarning 50%i;

 

– oʻrta maхsus kasb-hunar, shuningdek oliy ta’lim hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini belgilash) uchun yigʻim summasidan kelib tushadigan mablagʻlarning 50%i;

 

– nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatish sohasida faoliyat yuritishga litsenziya berganlik uchun toʻlangan davlat boji summasidan kelib tushadigan mablagʻlarning 30%i;

 

– jismoniy va yuridik shaхslarning, sh.j. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik хayriyalari;

 

– хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy davlatlarning grantlari va teхnik koʻmaklashish mablagʻlari;

 

– qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.

– Davlat inspeksiyasi хodimlariga ustamalar, mukofotlar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar toʻlash;

 

– fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yuqori malakali mutaхassislarni, sh.j. хorijiy ekspertlar va хorijda yashaydigan vatandoshlarni Davlat inspeksiyasida ishlash uchun jalb etish;

 

– Davlat inspeksiyasi хodimlarini, sh.j. хorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida oʻqitish, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish;

 

– Davlat inspeksiyasi, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish;

 

– Davlat inspeksiyasi хodimlariga mamlakatda va хorijdagi хizmat safarlari хarajatlarini toʻlab berish;

 

– Davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlar.

 

Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_