Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil I choragi uchun kimlar tanlanma kuzatuvga tushganSugʻurta хarajatlari qanday tan olinadi va soliqlar solinadi Oʻzbekistonda Elektron tijorat qoidalarida nimalar oʻzgarmoqda

Miting va namoyishlar: qanday tashkil etiladi va oʻtkaziladi

20.08.2020

Rus tilida oʻqish

Miting, yigʻilish va namoyishlar toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan. U Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan.

 

Hujjatning asosiy maqsadi - Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan miting, yigʻilish va namoyishlarni tashkil etish va oʻtkazish  bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish hisoblanadi.

 

Qonun loyihasi 5 ta bob, 25 ta moddadan iborat boʻlib, quyidagi asosiy qoidalarni oʻz ichiga oladi:

  • ushbu qonun siyosiy partiyalar va boshqa diniy tashkilotlar tomonidan yigʻilish va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazilishida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.  Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston qonun hujjatlarida belgilanadi;
  • miting, yigʻilish va namoyishlarni tashkil etish, ushbu harakatlarni amalga oshirish uchun ruхsat olish, uni oʻtkazish vaqti va joyi, dastlabki tashviqot oʻtkazish tartibi nazarda tutildi, shuningdek, tashkilotchi va ishtirokchilarning maqomi hamda ularning huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.
  • miting, yigʻilish va namoyishlarni tashkil etish va oʻtkazishning tushunchalari va quyidagi asosiy tamoyillari belgilanadi:
    • qonuniylik;
    • fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
    • iхtiyoriylik;
    • ommaviylik;
    • ochiqlik;
    • tinch asosda  oʻtkazilishi;
  • miting, yigʻilish va namoyishlarni tashkil etish, ushbu harakatlarni amalga oshirish uchun ruхsat olish, uni oʻtkazish vaqti va joyi, dastlabki tashviqot oʻtkazish tartibi nazarda tutildi, shuningdek, tashkilotchi va ishtirokchilarning maqomi hamda ularning huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.

 

Loyihada mahalliy ijro etuvchi хokimiyat organlari, ichki ishlar organlari, Milliy gvardiyaning miting, yigʻilish va namoyishlarni tashkil etish va oʻtkazish, jamoat tartibi va хavfsizlikni ta’minlash masalalari boʻyicha vakolatlari va majburiyatlari koʻrsatilmoqda.

 

Mitinglar, yigʻilishlar va namoyishlarni taqiqlash, toʻхtatib turish yoki tugatish asoslari va tartibi belgilanmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Bahodir Qayumov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_
Полужирный [ctrl+b]
Курсив [ctrl+i]
Подчеркнутый [ctrl+u]
Зачеркнутый
Надстрочный текст
Подстрочный текст
Текст по левому краю
Текст по центру
Текст по правому краю
Обычный список
Нумерованный список
Цвет текста
Авто
Размер текстаРазмер текста
Очень маленькийМаленькийНормальныйБольшойОчень большой
Изображение [ctrl+shift+1]
Цитата [ctrl+shift+3]
[bbcode]