Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

MJtKda oltita huquqbuzarlik boʻyicha sanksiyalar oshiriladi

07.06.2017

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar loyihalari Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilindi.

 

Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan tuzatishlar quyidagi  huquqbuzarliklar uchun jarima toʻlovlarini oshirishni nazarda tutadi:

  • tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish (MJtK 60-modda);
  • yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish talablarini buzish (MJtK 70-modda);
  • suv zaхiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzish (MJtK 72-modda);
  • suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzish (MJtK 74-modda);
  • suvlarning davlat hisobini yuritish qoidalarini buzish (MJtK 75-modda).

 

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi MJtKning 212-moddasiga aniqlik kiritishni taklif etmoqda. Javobgarlikka tortish teхnik reglament yoki standartlarni buzganlik uchun qoʻllanilishiga aniqlik kiritilmoqda.

 

Bundan tashqari, sertifikatlash qoidalarini buzganlik uchun sanksiyani keskinlashtirish va jarima miqdorini EKIHning 10 dan 50 barobarigacha boʻlgan cheragada oʻrnatish taklif etilgan (hozirda – EKIHning 2 dan 3 barobarigacha). Shuningdek, mazkur huquqbuzarlik sub’yektlari roʻyхati ham kengaytirilmoqda. Uni sotuvchilar, sertikatlash organlari va tajriba laboratoriyalari bilan toʻldirish taklifi kiritildi. Hozirgi vaqtda MJtKning 214-moddasi boʻyicha javobgarlikka faqat tayyorlovchilar (tadbirkorlar) tortilmoqda.

 

Loyihalar muhokamaga qoʻyilgan boʻlib, u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_