Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Mobil qurilma orqali ichki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish arzonroq boʻladi

19.06.2017

Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida milliy kontentni barpo etishni yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi.

 

Hujjatda qayd qilinishicha, mamlakatimizda yosh avlod orasida Internet tarmogʻi tarqatilishining faol tarzda oʻsishi kuzatilmoqda. Biroq, mamlakat veb-resurslari aholi talablariga toʻliq javob berayotgani yoʻq. Shu bois Internet tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish maqsadida 2017-2019 yillarda Internet tarmogʻida milliy kontentni barpo etishni ragʻbatlantirish va rivojlantirish boʻyicha kompleks rejani tasdiqlash taklif qilinayotir.

 

Reja 37 ta chora-tadbirni oʻz ichiga oladi. Masalan, kontent operatorlari, provayderlari va generatorlari oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob meхanizmi bilan Internet tarmogʻining milliy segmentida trafik bilan almashish piring tarmogʻini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, mobil telefonlari vositasida Oʻzbekistonning ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanish imtiyozli tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.

 

Internet tarmogʻida milliy kontent rivojlanishini tahlil qilishni tashkil etish  Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yuklanadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Mohina Mirzayeva.