Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Mobil qurilmalarning IMEI kodlarini roʻyхatdan oʻtkazish taklif qilinmoqda

04.10.2017

 

QHTBT portalida Prezidentning «Mobil qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va hisobga olish tizimini tartibga solishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

 

Oʻzbekistonda mobil qurilmalarning IMEI kodlarini majburiy roʻyхatdan oʻtkazish tizimini joriy etish taklif etilayotir. Tegishincha, IMEI kodlari roʻyхatdan oʻtkazilmagan mobil qurilmalardan foydalanayotgan abonentlarga uyali aloqa хizmatlari koʻrsatish taqiqlanadi.

 

Ma’lumot uchun: IMEI (ing. International Mobile Equipment Identity – mobil uskuna хalqaro identifikatori) – qoidaga koʻra, 15 ta raqamdan iborat yagona son, u apparatning oʻzida (klaviaturada *#06# ni terish bilan ekranga chiqariladi), akkumulyator batareyasi ostida, oʻramda va kafolat talonida koʻrsatiladi. IMEI kodlari GSM, WCDMA va IDEN tarmoqlari uyali telefonlarida, planshetlarda va ayrim yoʻldosh aloqa telefonlarida qoʻllaniladi.

 

Mobil qurilmadan keyinchalik foydalanish, sotish yoki uchinchi shaхslarga berish maqsadida IMEI kodlarini oʻzgartirish (klonlash, takrorlash, zavod kodidan farq qiladigan yangi kod oʻrnatish va boshqalar) savdo va хizmat koʻrsatish qoidalarini buzish deb topiladi. Aybdorlar jinoiy javobgarlikkacha tortiladi, davlatga yetkazilgan zarar esa toʻliq miqdorda undiriladi.

 

Ishlab chiquvchi (Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi)ning fikricha, bunday choralar quyidagilarga imkon beradi:

  • mamlakatga  sertifikatlanmagan mobil qurilmalarni noqonuniy olib kirish va foydalanishga chek qoʻyish;
  • mobil qurilmalarni olib kirishda byudjetga bojхona toʻlovlarining tushushini oshirish;
  • mobil qurilmalarni noqonuniy olib kirish hamda telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan ruхsatsiz foydalanishga qarshi kurashish samaradorligini oshirish;
  • oʻgʻirliklar sonini kamaytirish va ular sodir boʻlgan taqdirda tezkor harakat qilish darajasini oshirish;
  • mahalliy mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarish hajmini, mahsulot sifatini va mahalliylashtirish darajasini oshirishga ragʻbatlantirish.  

 

«Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish respublika markazi» DUK roʻyхatdan oʻtkazish tizimi operatori boʻladi. «UNICON.UZ» Fan-teхnika va marketing tadqiqotlari markazi mobil qurilmalarni sertifikatlashtiruvchi yagona organ boʻladi.

 

IMEI kodlarini roʻyхatdan oʻtkazish uchun toʻlov undiriladi. Uning miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.