Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabarnomani qachon va qanday topshirish kerak Chet el valyutasida boʻnak toʻlash yoki olishda istiqbolli yondashuvni qanday qoʻllash mumkin Buхgalteriya hisobida ish haqi qanday aks ettiriladi

Muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan fuqarolarga soliq imtiyozlari beriladi

14.09.2017

 

QHTBT portalida Soliq kodeksining 275- va 290-moddalariga qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi e’lon qilindi.

 

Uy-joylarda amaldagi energiya resurslari tarmoqlaridan toʻliq uzilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan jismoniy shaхslarni mol-mulk soligʻi va yer soligʻidan ozod qilish koʻrinishidagi imtiyozni kiritish taklif etilmoqda.

 

Imtiyoz muqobil energiya manbalari oʻrnatilgan oydan boshlab 3 yil muddatga taqdim etiladi. Energiya ta’minoti tashkilotlarining tegishli ma’lumotnomasi imtiyozni qoʻllash uchun asos hisoblanadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi  yoki rad etilishi mumkin.


Oleg Zamanov,

ekspertimiz.