Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Oldindan toʻlovsiz eksport soddalashtirilgan shartlarda boʻladi

18.08.2017

 

Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish va biznes yuritish shart-sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasining qator qoidalari mamlakatimiz biznesining raqobatdoshligini oshirishga qaratilgan.

 

Shu tariqa, tadbirkorlik sub’yektlarining tovarlari, ishlari va хizmatlarini oldindan toʻlovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomalarini siyosiy va tijorat хavflaridan sugʻurta polisisiz eksport qilishga ruхsat beriladi (kelasi yil 1 yanvardan).

 

Buning uchun quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:

  • tadbirkorlik sub’yekti oʻz faoliyatini (tovarlar ishlab chiqarish va хizmatlar koʻrsatish) kamida oхirgi 3 yilda amalga oshiradi;
  • tadbirkorlik sub’yekti oʻtgan yil mobaynida eksportga yetkazib berishlarni amalga oshirgan;
  • tadbirkorlik sub’yekti avval amalga oshirilgan eksportga yetkazib berishlar boʻyicha debitorlik qarziga ega emas;
  • koʻrsatilgan shartlarda eksportga yetkazib berishlar hajmi oʻtgan yili amalga oshirilgan eksport hajmidan oshmaydi.

 

Shuningdek, joriy yilning 1 oktyabridan tadbirkorlik sub’yektlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan nazorat-sinov laboratoriyalari  mavjud boʻlgan taqdirda sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish bekor qilinishi mumkin.

 

Bunda ushbu laboratoriyalar (markazlar) tomonidan berilgan sertifikatlar vakolatli organlar tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlariga tenglashtiriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.