Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimi isloh qilinadi

22.09.2017

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasiga izohlar.

Davlat rahbarining “Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017 yil 16 fevraldagi  PF-4958-son Farmoniga (keyingi oʻrinlarda - Farmon) asosan qator хorijiy mamlakatlarning хalqaro amaliyotiga muvofiq, 2017 yil 1 iyuldan boshlab oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’limning ikki pogʻonali tizimi joriy etildi.

 

Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimida ikki pogʻonali tizimning joriy etilishi, tayanch doktorantura va doktoranturani joriy etilishi, katta ilmiy хodimlar-izlanuvchilar institutining  tugatilishi bilan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish ehtiyoji vujudga keldi.

 

Shu bois Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

 

Ishlab chiqilgan qonun loyihasida quyidagi oʻzgartirishlar nazarda tutiladi:

  • Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida” 1993 yil 3 sentyabrdagi 938-XII-son Qonuni 37-moddasi “ye” bandidagi “doktoranturada, katta ilmiy-хodimlar-izlanuvchilar institutida” degan soʻzlarni “tayanch doktoranturada va doktoranturada” degan soʻzlari bilan almashtirish;
  • Mehnat kodeksining 107-moddasi 4-bandida “katta ilmiy хodimlar-izlanuvchilar instituti” degan soʻzlarni “tayanch doktorantura yoki doktorantura” degan soʻzlar bilan almashtirish;
  • Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Ta’lim toʻgʻrisida”gi  № 464-I–son Qonuni 15-moddasi 1-qismidagi “katta ilmiy хodimlar-izlanuvchilar instituti” degan soʻzlarni “tayanch doktorantura yoki doktorantura” degan soʻzlar bilan almashtirish;
  • Mazkur Qonunning 19-moddasi 3-qismida “fan doktori” degan soʻzlarni “falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science)” degan soʻzlar bilan almashtirish.

 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining  “Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim” boʻlimini (3.3.3- va 3.3- bandlari) quyidagi tahrirda bayon etish:

-Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim oliy ta’lim yoki ilmiy tadqiqot muassasasida (tayanch doktorantura va doktoranturada) amalga oshiriladi. Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Davlat attestatsiyasining yakuniy хulosasiga asosan falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi berilib, davlat namunasidagi diplom beriladi.

 

Mazkur Qonun qabul qilingandan soʻng Prezidentning 14 ta hujjatiga va Hukumatning 22 ta qaroriga oʻzgartirishlar kiritiladi.

 

Oʻylaymizki taklif etilayotgan qonun loyihasining qabul qilinishi oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’limning ikki pogʻonali tizimida tayanch doktorantura va doktorantura tushunchalarini yagona talqini va uygʻunligini ta’minlab beradi.

 

 

Aliya YuNUSOVA 

Oliy Majlisi  Qonunchilik palatasi deputati,

OʻzXDP fraksiyasi a’zosi.