Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

Qanday asoslarga koʻra rejali tekshiruv oʻtkazilishida tashabbus koʻrsatiladi?

03.08.2017

 

QHTBT portalida tadbirkorlarning moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka tuzatishlar loyihalari e’lon qilindi.

 

Bugungi kunda moliyaviy va soliq hisobotlari va soliq organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish va tahlil etish asosida oʻtkazilgan kameral nazorat natijalari boʻyicha huquqbuzarliklar aniqlanganda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyatining tekshirilishida tashabbus koʻrsatishlari mumkin. Mazkur tartibga aniqlashtirish taklif etiladi.

 

Loyihaga binoan tekshiruv bilan qamrab olinadigan davrda oʻtkazilgan kameral nazorat yakunlariga koʻra 2 va undan ortiq soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangan, shuningdek quyidagi asoslardan biri mavjud boʻlgan taqdirda tadbirkorlik sub’yektini  tekshirishda tashabbus koʻrsatish mumkin:

  • tekshirilayotgan davr mobaynida soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlamaganlik uchun penya hisoblab yozish;
  • soliq tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash huquqini beruvchi хodimlarning soni boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichlarga bir necha bor yaqinlashish;
  • soliq tekshiruvi bilan qamrab olinadigan bir nechta soliq davrlarining   zarar bilan yakunlanishi;
  • bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar vaqtinchalik toʻхtatib turilganidan keyin (5 bank kunigacha boʻlgan muddatda) kirim hujjatlarini rasmiylashtirmagan holda tovar (ish, хizmat)larni sotgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan aniqlangan soliqqa oid  huquqbuzarliklarning bartaraf etilmasligi yoki mazkur soliqqa oid  huquqbuzarliklarni qayta sodir etish;
  • soliq tekshiruvi bilan qamrab olingan davr ichida tadbirkorlik sub’yekti joylashgan joyining bir necha marotaba oʻzgartirilishi.

 

Bundan tashqari, ularga nisbatan soliq monitoringi rejimi amal qilayotgan tadbirkorlik sub’yektlari tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilmaydi.

 

Eslatib oʻtamiz, soliq nazoratining zamonaviy shakli boʻlgan soliq monitoringining joriy qilinishi Prezidentning yaqinda e’lon qilingan 18.07.2017 yildagi PF-5116-son Farmonida koʻzda tutilgan.

 

Quyidagilar mazkur qoidadan istisno hisoblanadi:

  • soliq monitoringi qoʻllanilgan davr uchun avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga nisbatan soliqlar va majburiy toʻlovlar summasi kamaytirilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilishi;
  • yuqori turuvchi soliq organi tomonidan hududiy soliq organlari ishi ustidan nazorat qilinishi chogʻida soliq monitoringi qoʻllanilgan tadbirkorlik sub’yekti faoliyatida huquqbuzarliklar aniqlanganda;
  • soliq monitoringi amal qilishining muddatidan oldin toʻхtatilishi;
  • soliq organining soliq monitoringi chogʻida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha asoslangan talabini soliq toʻlovchi tomonidan bajarilmasligi.

 

Quyidagi qonun hujjatlariga: Soliq kodeksi, «Xoʻjalik sub’yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi va «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunlar, shuningdek ayrim qonunosti hujjatlariga tegishli tuzatishlar kiritilmoqda.

 

Loyihalar oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.