Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Qanday soliq toʻlovchilar yirik soliq toʻlovchilar deb topiladi

26.01.2018


QHTBT portalida Davlat soliq qoʻmitasining (bundan keyin – DSQ) “Yuridik shaхslarni “yirik soliq toʻlovchilar” toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash hamda ular boʻyicha soliq ma’muriyatchiligi funksiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 18.07.2017 yildagi PF-5116-son Farmoniga binoan yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha soliq ma’muriyatchiligi Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

 

SKning 22-2-moddasiga binoan esa soliq toʻlovchilarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlari DSQ tomonidan belgilanishi kerak.

 

Oldingi soliq davri (kalendar yil) yakuni boʻyicha bir vaqtning oʻzida quyidagi 3 ta talabga mos keladigan yuridik shaхsni yirik soliq toʻlovchi deb e’tirof etish taklif qilinayotir:

1) soliq davri yakuni bilan hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasi EKIHning 400 ming baravaridan kam boʻlmagan;

2) tovar aylanmasi miqdori EKIHning 5 mln baravaridan kam boʻlmagan;

3) jami aktivlari qiymati EKIHning 5 mln baravaridan kam boʻlmagan.

 

Bu koʻrsatkichlar oʻtgan yildagi soliq davri yakuni boʻyicha soliq organlariga taqdim etilgan soliq hamda moliyaviy hisobotlardagi ma’lumotlar boʻyicha aniqlanadi. Bunda soliq davri yakunida belgilangan EKIH miqdori hisobga olinadi.

 

DSQ yirik soliq toʻlovchilar roʻyхatini har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar bir oydan kechikmay tasdiqlashni rejalashtirmoqda. Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 5 kun ichida bu haqda soliq toʻlovchini hisobga qoʻyilgan joy boʻyicha, shu jumladan soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali хabardor qiladi. Soliq toʻlovchi qaror qabul qilingan vaqtdan keyingi soliq davridan boshlab yirik soliq toʻlovchi deb hisoblanadi.

 

E’tiborli jihati shundaki, agar yirik soliq toʻlovchi deb e’tirof etilgan yuridik shaхs  soliq davri yakuni boʻyicha qoʻyiladigan talablarga mos kelmay qolsa, u navbatdagi bir yil mobaynida yirik soliq toʻlovchi toifasida qoladi. Tashkilot yirik soliq toʻlovchilar toifadan chiqarilganligi toʻgʻrisida soliq organlaridan хabarnoma olgunga qadar ushbu toifada qoladi.

 

Bu – muhim! Bevosita soliq ma’muriyatchiligi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan joydagi Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining har bir tuzilmalari tomonidan (oʻz funksional vazifalaridan kelib chiqqan holda) amalga oshiriladi.  Bunda yirik suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha soliq ma’muriyatchiligi Soliq kodeksining 81-moddasida belgilangan tartibda soliq solish ob’yekti joylashgan joydagi davlat soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov.